Flapjak qadimiy shotland va ingliz shirinligi bo‘lib u hatto Shekspirning asarlarida ham eslatilgan. Uning zamonaviy retsepti 1953 yillar atrofida paydo bo‘lgan. Flapjak mazali va to‘yimli bo‘ladi. Shuning uchun nonushta yoki tamaddi uchun juda mos tushadi. Flapjakni sport bilan shug‘ullanadiganlar mashg‘ulotdan oldin iste’mol qilishni yaxshi ko‘radi, chunki unda ikki xil uglevodlar bo‘lib, ko‘p energiya beradi. Oson retsept.
Qozonchaga sariyog‘, shakar va “golden syrop”ni soling va o‘rtacha olovda hammasini eritib oling.
Katta idishda suli, un, tuz va hamma quruq mevalarni aralashtiring.
Endi bularning ustiga eritmani quying va yaxshilab qoshiq bilan hammasini aralashtiring.
Endi yog‘langan yoki fergament qog‘ozi solingan 25 smli qolipga xamirni soling.
Qoshiq yoki ho‘llangan qo‘l bilan ustini bosing. Endi buni 150°Cda qizib turgan duxovkada 20 minut pishiring.
Pishib chiqqan flapjakni oldin 5-7 minut sovitib, iliqligida xohlagan kattalikda kesib oling. Lekin odatda flabjaklar mayda kvadrat qilib kesiladi.
Endi buni to‘la sovitishga olib qo‘ying. To‘la sovigach dasturxonga torting.
Men sulining mayda turidan foydalandim, agar sizda katta turi bo‘lsa unni 2 osh qoshiq soling yoki sulini oziq-ovqat protsessorida maydalab oling.
Yana flapjakka mayda yong‘oq yoki shokoladlar ham solish mumkin.
Asal yoki “golden syrup” qo‘shilgan shirinliklarni iliqligida kesib olish kerak, soviganda bular qatiydi va kesish qiyin bo‘lib qoladi. Lekin qolipdan chiqarishdan oldin albatta sovitish kerak.
Flapjaklarning usti odatda qizartirilmaydi, lekin men ozgina och tilla rang qilishni yoqtiraman.
“Gloden syrop” bu ikki xil shakar glukoza va fruktoza aralashmasidan tayyorlangan siropdir. U Abram Lyle tomonidan 1863 yilda topilgan va Londonda ishlab chiqarila boshlangan. Hozirda dunyoning ko‘p joylarida topsa bo‘ladi. U shakarga nisbatan namlikni yaxshi ushlaydi va kristallaydi. Shuning uchun u professional pishirishda ko‘p ishlatiladi.
Blogda yana boshqa sulidan tayyorlanadigan juda ko’p pishiriqlarning retseptini topasiz. Masalan, sulili keks yoki granola va parfait.
Veb sahifa: www.juvajon.com
Medovik tortining retseptlari juda ko‘p. Hammasi o‘ziga yarasha mazali va… Qolganini o'qish
Qizil barxat torti AQSHning Mariland shtatida XX asrning boshlarida paydo… Qolganini o'qish
Bolonya spagettisi Italiyaning shimolida joylashgan Bolonya shahrida birinchi marta tayyorlangan… Qolganini o'qish
Afg‘oncha napoleon torti O‘zbekistonda keng tarqalgan tortlardan biri. Uning mazasi… Qolganini o'qish
Frittata juda mazali, hamda oqsil va vitaminlarga boy. Nonushta yoki… Qolganini o'qish
Oshqovoqli karri yana bir ajoyib hind taomidir. Bu sog‘lom va… Qolganini o'qish