You are currently viewing Sulili keks – mazali va sog‘lom nonushta

Sulili keks – mazali va sog‘lom nonushta

Suli sog‘lik uchun juda foydali, lekin ta’mini ko‘p odam yoqtirmaydi. Bu retsept bo‘yicha pishirilgan sulili keks eng injiq odamga ham yoqadi deb o‘ylayman.

Kerakli mahsulotlar (4 portsiya uchun 18x18smlik):

  • 150 gr suli (овсянка)
  • 2 dona tuxum
  • 200 ml sut
  • 2 osh qoshiq artofida maydalangan yong‘oq
  • 2 osh qoshiq mayiz
  • 1 osh qoshiq kakos maydasi
  • 1 osh qoshiq mayda shokoladlar
  • Ozgina shakar (xohishga qarab, men qo‘shmadim)
  • 1 choy qoshiq dolchin kukuni
  • Har xil ho‘l mevalar
  • Ozgina yogurt yoki sut (xohishga qarab)
  • Ozgina asal

Bitta idishda hamma quruq mevalar, tuz va sulini aralashtirib oling.

Suli va quruq mevalar

Boshqa idishda tuxum va sutni aralashtiring. Endi quruq mahsulotlarning ustiga ho‘l mahsulotlarni qo‘shing.

Sulidan keks tayyorlash

Yog‘langan qolipning tubiga ta’bga qarab ho‘l mevalardan kesib soling. Men olcha va chernika soldim.

Endi uning ustiga sulili xamirni quying.

Sulidan keks tayyorlash

180C°da qizib turgan duxovkada 30 minut pishirib oling.

sulili keks

Sulili keks pishgach kerakli portsiyalarga bo‘lib, dasturxonga issiq yoki sovuq holatda torting. Men ozgina yogurt, asal va mevalar bilan berdim.Yana asalning o‘zi yoki ozgina sut bilan ham berish mumkin.

sulili keks

E’tibor qiling:

Sulili keks xolodilnikda 3 kungacha turadi.

Yana ho‘l mevalar o‘rniga banan ishlatsa ham bo‘ladi.

sulili keks

Yoqimli ishtaha!!!

Blogda sulidan tayyorlangan juda ko‘p sog‘lom retseptlarni topasiz. Masalan, sulidan pankeyklar, sulidan kapkeyklar yoki ovsyankali pechen’ye.

Telegram kanalimizga ulaning

Veb sahifa: www.juvajon.com