Go‘shtli pirog tayyorlash retsepti bilan tanishing.

Go‘shtli pirog uchun kerakli mahsulotlar (xamir uchun):

  • 250 gr saryog‘ yoki margarin
  • 1 chimdim tuz
  • 330 gr atrofida un
  • 100 ml atrofida muzdek suv

Muzdek un va tuzni aralshtiramiz. Uning ustiga saryog‘ni qirg‘ichdan o‘tkazib qo‘limiz bilan “pesok” qilib chiqamiz. Endi muzdek suvdan oz-oz qo‘shib xamir qilamiz.

Xamir tayyor bo‘lgach uni yaxshilab o‘rab holodilnikda eng kamida 30 minut yoki (yoki uzoqroq) tindiramiz.

Endi pirog ichiga solinadigan mahsulotlarni tayyorlaymiz. Men bugun 500 gr mol go‘shti, 2ta piyoz, 2ta mayda kartoshka va ozgina mol yog‘i ishlatdim. Hamma yuqoridagi mahsulotlarni mayda kubik shaklida to‘rg‘ab, ta’bga qarab ziravorlar solamiz (tuz, zira, murch, kashnuch urug‘i, …).

Xamir tingach, uni ikkiga bo‘lib ikkita zuvala qilamiz. Keyin ikkala xamirni yoyib olamiz. Men 30 smdan sal kattaroq doirada yoyib oldim, chunki mening pirog qolipim 30 sm kattalikda.

Endi birinchi xamirni qolipning ustiga qo‘yib, unga tayyor qiymani joylaymiz. So’ng ikinchi xamirni uning ustiga qo‘yib, chekkasini yaxshilab chugib chiqamiz.

Bu orada duxovkani 190C° ga qizdirib qo‘yamiz. Endi pirogning ustiga tuxum sarig‘i surkab, ustidan sedana yoki kunjut urug‘idan sepamiz. Ustidagi xamirning o‘rtasini pichoq bilan “+” shaklda kesib qo‘yamiz.

Pirogni qizib turgan duxovkada 40 minut pishiramiz. Pirog pishgach uni 5-10 minut dam oldirib, dasturxonga issiq holida tortamiz.

E’tibor qiling:

Go‘shtli pirog xamirga ortiqsha ishlov berib yubormang, bo‘lmasa uqalanadigan bo‘lmaydi.

Xamiruchun kerakli barcha mahsulotlar muzdek bo‘lishi kerak (men un va suvni yarim soatga muzlatgichga qo‘yaman).

Duxovkaga solishdan oldin go‘shtli pirog usti o‘rtasida albatta kichkina “+” shaklida kesilishi kerak (bug‘ chiqib ketishi uchun).

Yoqimli ishtaha!!!

Shu kabi boshqa retseptlar bilan hama tanishing. Masalan, Somsa kabob, yoki Parmuda somsa.

Telegram kanalimizga ulaning

Share

Eng so'nggi retseptlar

Medovik torti (Klassik turi)

Medovik tortining retseptlari juda ko‘p. Hammasi o‘ziga yarasha mazali va… Qolganini o'qish

Qizil Barxat torti (Red velvet cake)

Qizil barxat torti AQSHning Mariland shtatida XX asrning boshlarida paydo… Qolganini o'qish

Bolonya spagettisi – Spaghetti bolognese

Bolonya spagettisi Italiyaning shimolida joylashgan Bolonya shahrida birinchi marta tayyorlangan… Qolganini o'qish

Afg‘oncha napoleon torti

Afg‘oncha napoleon torti O‘zbekistonda keng tarqalgan tortlardan biri. Uning mazasi… Qolganini o'qish

Frittata – yoki Italiyancha omlet

Frittata juda mazali, hamda oqsil va vitaminlarga boy. Nonushta yoki… Qolganini o'qish

Oshqovoqli karri- go’shtsiz sog’lom taom

Oshqovoqli karri yana bir ajoyib hind taomidir. Bu sog‘lom va… Qolganini o'qish