Goulyashning vatani Vengriya hisoblanadi. U IX asrlarda paydo bo‘lgan va Markaziy Yevropaga tarqalgan. Hozirda goulyash dunyoning ko‘p burchaklarida tayyorlanadi. Bu retsept bo‘yicha tayyorlangan goulyash juda mazali bo‘ladi va unda go‘sht yumshoq bo‘lib pishadi. Oson va sog‘lom retsept.
Kerakli mahsulotlar (4-5 portsiya uchun):
Oldin go‘shtni katta-katta qilib bo‘lib olamiz. Keyin uning ustiga un sepamiz.
Endi tovaga o‘simlik yog‘ining bir qismini quyamiz. U qizigach ustiga go‘shtning bir qismini solamiz. Go‘shtning hamma tomonini qizartirib olamiz.
Qozonga yog‘ning qolgan qismini quyamiz va ustiga qizartirilgan go‘shtni solamiz. Go‘shtning qolgan qismini ham qizartirib qozonga solamiz.
Endi mayda to‘rg‘algan piyozni ham tovada qizartirib olamiz. Qizartirilgan piyozni ham qozonga solamiz.
Keyin sabzini ham katta-katta qilib bo‘lib olamiz va tovada qizartiramiz. Chesnok tishlarini ham yoniga solamiz. Yog‘ quyish shart emas.
Endi ziravorlarni ham biroz qizdirib olamiz va qozonga solamiz.
Sabzavotlar uchun ziravorni 300 ml suv bilan eritib olamiz va qozonga quyamiz.
Ta’bga qarab tuz va murch solamiz.
Qozonni olovga qo‘yamiz.
Go‘shtni o‘rtacha olovda 2 soat davomida pishiramiz. Ora-orada aralashtirib turamiz.
Go‘sht pishgach uni kartoshka pyuresi, makaron yoki guruch bilan dasturxonga tortamiz. Ustiga petrushka sepamiz.
E’tibor qiling:
Bu taomga mol go‘shtining uncha yumshoq bo‘lmagan joyini ham ishlatish mumkin. Chunki bu taom uzoq vaqt pishadi va go‘sht bu vaqt orasida yumshaydi.
Yoqimli ishtaha!!!
Blogda yana boshqa mol go‘shtidan tayyorlanadigan taomlarning retseptini ham topasiz. Masalan, bifstrogonov, qozonda mol go‘shti yoki pulled bif.
Veb sahifa: www.juvajon.com
Medovik tortining retseptlari juda ko‘p. Hammasi o‘ziga yarasha mazali va… Qolganini o'qish
Qizil barxat torti AQSHning Mariland shtatida XX asrning boshlarida paydo… Qolganini o'qish
Bolonya spagettisi Italiyaning shimolida joylashgan Bolonya shahrida birinchi marta tayyorlangan… Qolganini o'qish
Afg‘oncha napoleon torti O‘zbekistonda keng tarqalgan tortlardan biri. Uning mazasi… Qolganini o'qish
Frittata juda mazali, hamda oqsil va vitaminlarga boy. Nonushta yoki… Qolganini o'qish
Oshqovoqli karri yana bir ajoyib hind taomidir. Bu sog‘lom va… Qolganini o'qish