Bu rus taomi qadimda Rossiyaning mashhur Strogonov oilasi uchun Fransuz oshpazlari tomonidan tayyorlangan. Bifstrogonov nomi ham shundan olingan. Hozirda bu taom g‘arbda ko‘p tayyorlanadi.
Kerakli mahsulotlar (4-5 portsiya uchun):
- 500 gr lahm mol go‘shti
- 250 gr qo‘ziqorin
- 1 dona piyoz
- 2-3 dona chesnok tishi ta’bga qarab
- 1 osh qoshiq un
- 100 ml suv
- 1 osh qoshiq sariyog‘ (сливочное масло)
- 150 ml smetana yoki achqimtir qatiq
- 1 osh qoshiq xantal (горчица)
- Yarim bosh petrushka
- 1 osh qoshiq o‘simlik yog‘i
- Yarimta sabzavotlar zaxirasi/kubigi
- Tuz va murch
Go‘shtni tayyorlab olish
Bifstrogonov uchun mol go‘shtining yumshoq joyi kerak bo‘ladi. Go‘sht iloji boricha yog‘ va chandirdan holi bo‘lishi kerak.

Lappaklangan go‘shtni 1sm qalinlikda kesib olamiz.
Bifstrogonov pishirish
Tovani qiziting va yog‘ni quying. Endi go‘shtni soling va 3-4 minut o‘rtachadan balandroq olovda qizarguncha qo‘g‘iring. Tuz va murch seping.

Keyin alohida idishga solib turing. Ustini o‘rang.
Endi tovaga sariyog‘ni soling. Erigach mayda to‘rg‘algan piyoz va lappaklangan qo‘ziqorinni soling.

Ularni biroz qo‘g‘irib, ustiga maydalangan chesnokni soling. Ta’bga qarab tuz va murch seping. Keyin unni soling va qo‘g‘iring.

Un pishgach, sabzavotlar zaxirasini 100 ml suv bilan eriting. Uni ham tovaga quying. Go‘shtni tovaga qaytarib soling.

Bifstrogonovni yana besh minut atrofida pishiring. Usti ochiq holatda. Endi smetanani ozgina sous bilan aralashtiring. Keyin smetanani ovqatning ustiga quying.

Hammasini aralashtirib, olovni o‘chiring. Mayda to‘rg‘algan petrushkani qo‘shing.

Bifstrogonov tayyor. Uni qaynatilgan pasta, guruch yoki kartoshka bilan dasturxonga torting.

E’tibor qiling:
Go‘shtning yumshoq qismi bo‘lmasa, go‘shtni bolg‘acha bilan urib yumshatish mumkin.
Yoqimli ishtaha!!!
Blogda mol go‘shtini koreyscha usulda pishirishning retseptini ham topasiz. Yana boshqa sousli taomlarning retsepti ham bor.
Veb sahifa: www.juvajon.com