You are currently viewing Qaymoqli pasta, qo‘ziqorin bilan (20 minutda)

Qaymoqli pasta, qo‘ziqorin bilan (20 minutda)

20 minutda mazali ovqat tayyorlashni xohlasangiz, unda qaymoqli pasta pishirib ko‘ring.

Kerakli mahsulotlar (4 portsiya uchun):

  • 500gr pasta (men qora undan tayyorlanganini ishlatdim)
  • 1 dona piyoz
  • 1-2 dona pomidor (razmeriga qarab)
  • 4-5 dona qo‘ziqorin
  • 2 chinni ismaloq
  • 1 dona chesnok tishi
  • 300 ml qaymoq yoki smetana
  • 1 osh qoshiq zaytun (olive) yoki o‘simlik yog‘i
  • Tuz va murch
Qaymoqli pasta masalliqlari

Katta idishda suv qaynating va unga tuz va pastani soling. Pasta qaynab turgunicha, tovaga yog‘ni quyib yarim uzuk shaklida to‘rg‘algan piyozni solib qo‘g‘iring.

Piyoz qo'g'iramiz

Endi uning ustiga maydalangan chesnok, parraklangan qo‘ziqorin va pomidorni solib, ularni ham qo‘g‘ring.

Qaymoqli pasta qo'ziqorin bilan

Pasta qaynayotgan suvdan 70-80ml olib, tovaga quying.

Ta‘bga qarab tuz va murch soling. Endi qaymoq yoki smetanani tovaga solib hamma mahsulotlarni bir aralshtirib oling.

Qaymoqli pasta sousi

3-4 minut qaynab chiqqach bu aralshmaga ismaloqni soling (men mayda ismaloq bargini ishlatdim, agar sizda kattasi bo‘lsa uni 2-3ga bo‘lib oling).

Qaymoqli pasta

Qaymoqli pasta pishgach, suvini to‘kib uni ham sousga solib bir ikki aralashtrib oling va idishga soling.

Qaymoqli pasta

Endi ustiga pishloq sepib, issiqligida dasturxonga torting.

E’tibor qiling:

Ismaloq soniyalar ichida pishadi va hajmi ozayib ketadi.

Men achqimtir qaymoq ishlatdim, lekin qaymoq yoki smetana (yoki ikkalasini aralshtrib) solsa ham bo‘ladi.

Qaymoqli pasta qaynayotgan suvda kraxmal bo‘ladi va u sousni qo‘yiqroq bo‘lishiga yordam beradi.

Qaymoqli pasta tayyor

Yoqimli ishtaha!!!

Blogda pastadan tayyorlangan boshqa taom retseptlari bilan ham tanishing. Masalan, Alla Norma, yoki Pasta salat.

Telegram kanalimizga ulaning