Bu Italyancha taom 18 asrda Italiyaning Neapol (Naples) shahrida paydo bo‘lgan va shundan beri u ko‘p joylarda tayyorlanadi. Hozirda Italiyanig turli hududlarida o‘z kalzone tayyorlash usuli bor. Uning mazasi pizzadan farq qiladi va kalzonda pishloq ko‘p bo‘ladi.
Kerakli mahsulotlar (8 dona kalzone uchun):
Xamiriga:
Ichiga solish uchun:
Iliq suv, xamirturush va shakarni aralashtirib oling. Uni idishdagi elangan un va tuzni aralashmasiga quying. Zaytun yog‘ini quying va xamir qoring. Keyin xamir silliq bo‘lguncha unga ishlov bering va ustini o‘rab iliq joyda oshiring.
Oshib chiqqan xamirni 8 ga bo‘lib zuvala qiling.
Keyin bitta xamirni 22 sm doira shaklida yoyib oling.
Xamirning bir tomoniga go‘sht va qirg‘ichdan o‘tkazilgan pishloqdan aralashtirib soling.
Endi xamirning ikkinchi tomonini yopib, kalzonga yarim oy shaklini bering va rasmda ko‘rsatilgandek qilib tugib oling. Ustiga ikki yoki uch joyidan kesib qo‘ying, bug‘ chiqib ketishi uchun.
Kalzoneni fergament qog‘oz solingan va mannaya krupa sepilgan listga qo‘ying.
Kalzoneni ustiga ozgina zaytun yog‘i qo‘shilgan tuxum surkang va 250°C yoki duxovkaning eng baland gradusida 15 minut pishirib oling.
Kalzone pishib chiqqach uni bir past sovitib dasturxonga torting.
E’tibor qiling:
Listga fergament qog‘oz solish shart emas, lekin kalzone pishayotganda pishloq oqib chiqadi.
Kalzonega pishloqning boshqa turlari, masalan, mascarpone turidan ham foydalanish mumkin.
Yoqimli ishtaha!!!
Blogda pizzaning retseptini ham topasiz. Yana lahmakun yoki turkcha pizza nomi bilan tanilagan turk taomining retsepti ham bor.
Veb sahifa: www.juvajon.com
Medovik tortining retseptlari juda ko‘p. Hammasi o‘ziga yarasha mazali va… Qolganini o'qish
Qizil barxat torti AQSHning Mariland shtatida XX asrning boshlarida paydo… Qolganini o'qish
Bolonya spagettisi Italiyaning shimolida joylashgan Bolonya shahrida birinchi marta tayyorlangan… Qolganini o'qish
Afg‘oncha napoleon torti O‘zbekistonda keng tarqalgan tortlardan biri. Uning mazasi… Qolganini o'qish
Frittata juda mazali, hamda oqsil va vitaminlarga boy. Nonushta yoki… Qolganini o'qish
Oshqovoqli karri yana bir ajoyib hind taomidir. Bu sog‘lom va… Qolganini o'qish