You are currently viewing Lahmakun – arman va turk taomi

Lahmakun – arman va turk taomi

Lahmakunning kelib chiqish joyi Armaniston va Turkiyadir. Lekin u Suriya, Isroil va Livanda ham keng tarqalgan. Yupqa xamirning ustiga qo’yilgan go‘sht va sabzavotlar aralashmasi bu taomga boshqacha maza beradi. Ushbu arman va turk taomi sog‘lom taomlar toifasiga kiradi.

Kerakli mahsulotlar (12 dona 25 smlik lahmakum uchun):

  • 500 gr un
  • 300 ml suv
  • 1 choy qoshiq shakar
  • 7 gr xamirturush (droja)
  • 1 choy qoshiq tuz
  • 1 osh qoshiq zaytun yog‘i

Qiymasi uchun

  • 600-700 gr qo‘y yoki mol go‘shtining qiymasi
  • 2 dona piyoz
  • 2 dona pomidor
  • 3 dona chesnok tishi
  • 2 dona bulg‘or qalampiri
  • Yarim bosh petrushka
  • Tuz va murch

Iliq suv, xamirturush va shakarni aralashtirib oling.

Uni laganchadagi elangan un va tuzni aralashmasiga quying. Zaytun yog‘ini quying va xamir qoring. Keyin xamir silliq bo‘lguncha unga ishlov bering va ustini o‘rab iliq joyda oshiring.

Xamir oshgunicha qiymani tayyorlab oling. Go‘shtning ustiga qirg‘ichdan o‘tkazilgan sabzavotlarni va mayda to‘rg‘algan pertushkani qo‘shing. Ta’bga qarab tuz va murch solib yaxshilab aralashtiring va xona haroratida qoldiring.

Lahmakun - arman va turk taomi masalliqlari
Lahmakun - arman va turk taomi qiymasi

Oshib chiqqan xamirni zuvalachalarga bo‘lib oling. Men 12 donaga bo‘ldim.

Lahmakun - arman va turk taomi xamiri

Keyin xamirni yupqa qilib yoying.

Yoyilgan xamirning ustiga qiymaning 1/12 qismini bir tekis qilib solib chiqing. Chetlari ham esingizdan ko‘tarilmasin.

Endi buni ehtiyotkorlik bilan ozgina un sepilgan va qizigan listga qo‘ying. Xamir taxtaning ustida yoyilsa uni listga solish oson bo‘ladi. Duxovkani eng baland gradusga qizitib oling. Men 250°Cda besh minutda pishirdim.

Lahmakun - arman va turk taomi pishirishga tayyor

Yana lahmakunni tovada ham pishirsa bo‘ladi. Buning uchun tovani qizdiring va lahmakunni qo‘ying.

Tovaning qopqog‘ini yopib besh minut davomida pishiring va yeyishdan oldin besh minut tindiring.

Hamma lahmakunni shunday usulda pishirib oling.

Odatda lahmakun limonning sharbati va petrushka bilan o‘rab tanovul qilinadi. Yana ta’bga qarab piyoz o‘rasa ham bo‘ladi.

Lahmakun - arman va turk taomi tayyor

E’tibor qiling:

Xamirga qiyma solingandan so‘ng uni darrov pishirgani soling, bo‘lmasa qiymaning suvi chiqib xamir uyib qoladi va tagiga yopishadi.

Lahmakunni ikkita odam birgalikda pishirsa osonroq bo‘ladi.

Qizib turgan listning ustiga qo‘yilsa, lahmakun darrov pishishni boshlaydi va xamiri mazaliroq bo‘ladi.

Yoqimli ishtaha!!!

Turkcha taomlar yoqtiradiganlarga Turkcha Pideni ham tavsiya qilaman. Yana bir turk taomi Karniyarik ham yengil taom tayyorlashga ayni muddao.

Telegram kanalimizga ulaning

Veb sahifa: www.juvajon.com