Lahmakunning kelib chiqish joyi Armaniston va Turkiyadir. Lekin u Suriya, Isroil va Livanda ham keng tarqalgan. Yupqa xamirning ustiga qo’yilgan go‘sht va sabzavotlar aralashmasi bu taomga boshqacha maza beradi. Ushbu arman va turk taomi sog‘lom taomlar toifasiga kiradi.
Qiymasi uchun
Iliq suv, xamirturush va shakarni aralashtirib oling.
Uni laganchadagi elangan un va tuzni aralashmasiga quying. Zaytun yog‘ini quying va xamir qoring. Keyin xamir silliq bo‘lguncha unga ishlov bering va ustini o‘rab iliq joyda oshiring.
Xamir oshgunicha qiymani tayyorlab oling. Go‘shtning ustiga qirg‘ichdan o‘tkazilgan sabzavotlarni va mayda to‘rg‘algan pertushkani qo‘shing. Ta’bga qarab tuz va murch solib yaxshilab aralashtiring va xona haroratida qoldiring.
Oshib chiqqan xamirni zuvalachalarga bo‘lib oling. Men 12 donaga bo‘ldim.
Keyin xamirni yupqa qilib yoying.
Yoyilgan xamirning ustiga qiymaning 1/12 qismini bir tekis qilib solib chiqing. Chetlari ham esingizdan ko‘tarilmasin.
Endi buni ehtiyotkorlik bilan ozgina un sepilgan va qizigan listga qo‘ying. Xamir taxtaning ustida yoyilsa uni listga solish oson bo‘ladi. Duxovkani eng baland gradusga qizitib oling. Men 250°Cda besh minutda pishirdim.
Yana lahmakunni tovada ham pishirsa bo‘ladi. Buning uchun tovani qizdiring va lahmakunni qo‘ying.
Tovaning qopqog‘ini yopib besh minut davomida pishiring va yeyishdan oldin besh minut tindiring.
Hamma lahmakunni shunday usulda pishirib oling.
Odatda lahmakun limonning sharbati va petrushka bilan o‘rab tanovul qilinadi. Yana ta’bga qarab piyoz o‘rasa ham bo‘ladi.
E’tibor qiling:
Xamirga qiyma solingandan so‘ng uni darrov pishirgani soling, bo‘lmasa qiymaning suvi chiqib xamir uyib qoladi va tagiga yopishadi.
Lahmakunni ikkita odam birgalikda pishirsa osonroq bo‘ladi.
Qizib turgan listning ustiga qo‘yilsa, lahmakun darrov pishishni boshlaydi va xamiri mazaliroq bo‘ladi.
Yoqimli ishtaha!!!
Turkcha taomlar yoqtiradiganlarga Turkcha Pideni ham tavsiya qilaman. Yana bir turk taomi Karniyarik ham yengil taom tayyorlashga ayni muddao.
Veb sahifa: www.juvajon.com
Medovik tortining retseptlari juda ko‘p. Hammasi o‘ziga yarasha mazali va… Qolganini o'qish
Qizil barxat torti AQSHning Mariland shtatida XX asrning boshlarida paydo… Qolganini o'qish
Bolonya spagettisi Italiyaning shimolida joylashgan Bolonya shahrida birinchi marta tayyorlangan… Qolganini o'qish
Afg‘oncha napoleon torti O‘zbekistonda keng tarqalgan tortlardan biri. Uning mazasi… Qolganini o'qish
Frittata juda mazali, hamda oqsil va vitaminlarga boy. Nonushta yoki… Qolganini o'qish
Oshqovoqli karri yana bir ajoyib hind taomidir. Bu sog‘lom va… Qolganini o'qish