Sog'lom taomlar

Makaron salati (Macaroni salad)

Makaron salatining kelib chiqishi aniq emas, lekin u Yevropa, AQSH, Avstraliya va Yangi Zelandiyada keng tarqalgan. Har bir joyda bu salatning tayyorlanishida ozgina farq bor, lekin mayda makaron, seldr (сельдерей), piyoz, mayonez va murch bu retseptlarning umumiy tarkibi hisoblanadi. Muhimi salat mazali bo‘ladi va uni tayyorlash juda oson. Bu retsept bo‘yicha tayyorlangan makaron salati ovqat o‘rnini bosadi.

Kerakli mahsulotlar (5-6 portsiya uchun):

  • 500 gr mayda makaron turi
  • 2 banka tunets balig‘i konservasi (тунец)
  • 1 banka makkajo‘xori konservasi
  • 1 dona qizil (siyohrang) piyoz yoki 3-4 dona ko‘k piyoz
  • 3 osh qoshiq mayonez
  • 1 dona seldr (сельдерей)
  • 2 dona sabzi (qizil turi yaxshiroq ko‘rinish beradi)
  • 4 osh qoshiq grek yogurti yoki yog‘li smetana
  • Tuz va murch

Avval makaronni yo‘riqnomasiga qarab pishirib oling va pishgach albatta sovuq suvda chaying. Endi piyozni mayda qilib to‘rg‘ang, seldrni ham diagonal yo‘nalishda mayda qilib  to‘rg‘ab oling. Sabzini esa qirg‘ichning katta ko‘zidan o‘tkazing.

Tunets balig‘ini ochib suvini yaxshilab oqizib oling.

Mayonez va smetanani murch qo‘shib aralashtirib oling.

Endi hamma mahsulotlarni bitta katta idishga solib aralashtiring. Ta’bga qarab tuz qo‘shing.

Makaron salati tayyor, dasturxonga tortishingiz mumkin.

E’tibor qiling:

Makaron salati aslida faqat mayonez bilan tayyorlanadi. Men mayonez ko‘p ishlatmaganligim uchun uning bir qismi o‘ringa foydaliroq bo‘lgan grek yogurtidan qo‘shaman. Xohlasangiz salatning sousini ko‘proq ham qilish mumkin.

Yana bu salat uchun tunetsning suvdagisi yaxshiroq bo‘ladi.

Makaronni sovuq suvda chayish, uni pishishda davom etishdan to‘xtatadi, natijada u juda yumshoq bo‘lib ketmaydi.

Makaron salati xolodilnikda bir kungacha saqlanadi.

Yoqimli ishtaha!!!

Blogda yana boshqa mazali va sog‘lom pastali toamlarning retseptini topasiz. Masalan, pasta salat yoki feta pasta.

Telegram kanalimizga ulaning

Veb sahifa: www.juvajon.com

Eng so'nggi retseptlar

Medovik torti (Klassik turi)

Medovik tortining retseptlari juda ko‘p. Hammasi o‘ziga yarasha mazali va… Qolganini o'qish

Qizil Barxat torti (Red velvet cake)

Qizil barxat torti AQSHning Mariland shtatida XX asrning boshlarida paydo… Qolganini o'qish

Bolonya spagettisi – Spaghetti bolognese

Bolonya spagettisi Italiyaning shimolida joylashgan Bolonya shahrida birinchi marta tayyorlangan… Qolganini o'qish

Afg‘oncha napoleon torti

Afg‘oncha napoleon torti O‘zbekistonda keng tarqalgan tortlardan biri. Uning mazasi… Qolganini o'qish

Frittata – yoki Italiyancha omlet

Frittata juda mazali, hamda oqsil va vitaminlarga boy. Nonushta yoki… Qolganini o'qish

Oshqovoqli karri- go’shtsiz sog’lom taom

Oshqovoqli karri yana bir ajoyib hind taomidir. Bu sog‘lom va… Qolganini o'qish