Peri-peri usulda tayyorlangan tovuq go‘shti Portugaliya va Afrika oshxonasidan kelib chiqqan. Hozirda uni dunyoning ko‘p joylariga uchratish mumkin. Dunyoning 35 ta mamlakatida uchraydigan Nando’s restoranlari tovuq go‘shtini xuddi shu peri-peri usulida tayyorlaydi.
Kerakli mahsulotlar (1 dona katta tovuq uchun):
Peri-peri sousini tayyorlash
Buning uchun qozonchaga mayda to‘rg‘algan bulg‘or qalampiri, limonning sharbati, sirka, chesnok, qalampir, kekik, oregano, shakar va paprikani soling.
Ustini yopib past olovda 5 minut qaynating.
Keyin uni blenderga quyib bir xil massa qilib oling va bir chetga sovitish uchun surib qo‘ying.
Tovuqni go‘shtini tuzlash
Tovuqni olib o‘rtasidan bo‘ling va ortiqcha yog‘larini kesib tashlang. Endi peri-peri saousini tovuqning ustiga quying va yaxshilab hamma joyiga surkab chiqing.
Tovuqning ustini o‘rab kamida 3-4 soat yoki kechasi bilan xolodilnikda qoldiring.
Ma’lum vaqt o‘tgach go‘shtini yana xona haroratiga keltiring. Bu tovuqni tashqarida grilda yoki 200°Cda qizib turgan duxovkada 40 minut davomida pishiring. Tashqarida pishirilsa go‘shtining ustini folga qog‘ozi yoki grilning qopqog‘i bilan yopish kerak
Tovuq pishgach uni issiqligida salat yoki kartoshka bilan dasturxonga torting.
E’tibor qiling:
Peri-pei sousi odatda achchiq bo‘ladi. Xohlasangiz qalampir miqdorini ochiring.
Pishirishdan oldin go‘shtni albatta xona haroratiga keltirib oling. Bo‘lmasa go‘sht qattiq bo‘lib qoladi.
Yoqimli ishtaha!!!
Blogda tovuq go‘shtini yana boshqa usullarda ham tayyorlashning retsepti bor. Yana KFC usulida tovuq go‘shtini qo‘g‘irish retseptini ham topasiz.
Veb sahifa: www.juvajon.com
Medovik tortining retseptlari juda ko‘p. Hammasi o‘ziga yarasha mazali va… Qolganini o'qish
Qizil barxat torti AQSHning Mariland shtatida XX asrning boshlarida paydo… Qolganini o'qish
Bolonya spagettisi Italiyaning shimolida joylashgan Bolonya shahrida birinchi marta tayyorlangan… Qolganini o'qish
Afg‘oncha napoleon torti O‘zbekistonda keng tarqalgan tortlardan biri. Uning mazasi… Qolganini o'qish
Frittata juda mazali, hamda oqsil va vitaminlarga boy. Nonushta yoki… Qolganini o'qish
Oshqovoqli karri yana bir ajoyib hind taomidir. Bu sog‘lom va… Qolganini o'qish