You are currently viewing KFC usulida tovuq

KFC usulida tovuq

KFC atamasi Kentucky Fried Chicken, ya’ni Kentucky usulida qovurilgan tovuq ma’nosini anglatadi. KFC usulida tovuq qaytarilmas ta’mga ega.

Kerakli mahsulotlar:

  • 12 dona tovuq oyoqchalari va 10 dona tovuq qanotchalari
  • 350-400 ml sut
  • 300 gr un
  • 1litr o‘simlik yog‘i
  • Ozgina limon sharbati
  • Har xil ziravorlar: Tuz, murch, quritib maydlangan qizil garmdori (paprika), quritilgan chesnok maydasi, quritilgan piyoz, koreys tuzi, quritilgan rayhon, oregano va quritilgan zanjabil (imbir).

Eng avvalo sutga limon soki qo‘shib, bijg‘ishi uchun 5 minut tindiramiz (buni ‘buttermilk’ deb atasak bo’ladi). Endi bu sutga tovuqlarni hammasini solib marinovka bo‘lishi uchun xona haroratida 30 minut yoki holodilnikka bir-ikki soatga qo‘yamiz.

KFC usulida tovuq

Unga yuqorida sanalgan hamma ziravorlarni qo‘shib olamiz (rasmga qarang).

KFC usulida tovuq uchun ziravorlar

Tovuq oyoqlarini bitta-bitta sutdan chiqarib unga yaxshilab belab olamiz va bir chekkaga qo‘yib turamiz.

KFC usulida tovuq unga bulaymiz

Hammasi tayyor bolgach yog‘ni tovaga quyib qizdiramiz va tovuqlarni oz-ozdan solib pishirib olamiz. Tovuq oyoqlari 12-13 minut davomida, qanotchalar esa 7-8 minut davomida pishadi. Pishgan tovuqlarni salfetka ustiga qo‘yamiz, ortiqcha yog‘ni singdirib olishi uchun.

KFC usulida tovuq pishirish

E’tibor qiling:

Tovuqlar yog’ga tushishdan oldin xona haroratida bo‘lishi kerak, aks holda go‘sht qattiq bo‘lib qoladi.

Bir paytning o‘zida tovaga faqat 4-5 dona tovuq oyoqlaridan soling, bo‘lmasa yog‘ning harorati tushib ketib oyoqchlar uzoqda pishadi va ustki qavati yumshab qoladi.

Birinchi pishgan oyoqchalarni issiq turishi uchun duxovkani 150C° da qizdirib solib qo‘ysangiz, qolganlari pishguncha issiq turadi.

Achchiq yoqtirganlar sutga birorta achchiq sous va unli aralashmaga mayda achchiq qalampirdan qo‘shishi mumkin.

KFC usulida tovuq tayyor

Yoqimli ishtaha!!!

Blogda tovuq go’shtidan taomalr juda ko’p. Masalan, tovuq pishirishning jahonga eng ko’p tarqalgan yana iki usulini o’rganing: Nando’s usulida Peri-Peri tovuq va Grekcha Gyros.

Telegram kanalimizga ulaning