Tovuqli Gyros (Grekchadan talaffuzi “yiros”) bu Grekcha usulda tovuqli taom. Odatda bu go‘sht sixni aylantirish usulida pishiriladi. Bu taomni boshqa go‘shtlardan ham tayyorlasa bo‘ladi. Lekin Gretsiyada asosan tovuq go‘shtidan tayyorlanadi. Bugungi retsept, Gyrosni uy sharoitida tayyorlash.
Kerakli mahsulotlar (5 portsiya uchun):
- 600 gr lahm tovuq go‘shti
- Yarimta limonning sharbati
- Yarimta limonning zesti (po‘chog‘i)
- 2 dona chesnok tishi
- 0.5 choy qoshiq paprika
- 1 osh qoshiq zaytun (olivka) yog‘i
- 0.5 choy qoshiq oregano (bo‘lsa)
- 0.5 choy qoshiq kashnich urug‘i
- Ozgina dolchin kukuni (корица)
- Tuz va murch
Yana qo‘shib yeyish uchun 5 dona pita noni, 5 osh qoshiq tzatziki salati va salat barglari kerak bo‘ladi.
Idishda hamma ziravorlar, ezilgan chesnok, limonn ing zesti va sharbatini aralashtirib oling.

Tovuq go‘shtini 2 sm qalinlikda uzun somoncha qilib kesib oling.

Uni sousining ustiga solib, qo‘l bilan yaxshilab aralashtirib oling.

Endi bu go‘shtni kamida 2-3 soat xolodilnikda ustini o‘rab tuzlang. Men bir kun oldin qilib qo‘yaman.
Go‘shtni pishirishdan oldin xona haroratiga olib keling.
Endi tovani qizitib go‘shtning biq qismini soling. Yog‘ quymang. Ikki tomini qizargunicha o’rta olovda pishiring.

Odatda 10 minutga qolmasdan pishadi. Keyin tovani artib go‘shtining qolgan qismini pishiring. Men ikkita tovada bir paytning o‘zida pishirdim.

Pishgan go‘shtni idishga soling. Bu taomni dasturxonga tortish uchun yana pita nonlari, tzatziki salati, piyoz va salat bargi kerak bo‘ladi. Blogda tzatziki salati va pita nonining retseptlari bor.
Gyrosni pita noni ustiga solib, o‘rab tayyorlash mumkin.

Yana bir yo‘li pita nonlarini kesib olib, orasiga ham solish mumkin.

Ikkala yo‘l bilan ham mazali bo‘ladi.
E’tibor qiling:
Gyrosni grilda qilmoqchi bo‘lsangiz, tovuq go‘shtini bo‘lib olmay, butunligicha pishiring. Lekin unda olovga sal uzoqroq vaqtga qo‘ying.
Tovuqli taom go‘shti tezda pishadi, uni uzoq pishirmang, Quruq bo‘lib qoladi.
Tovaga ko‘p go‘sht solib yubormang, unda qizarmaydi va mazasi buziladi.
Tovuq go‘shtining son qismi yaxshiroq bo‘ladi, chunki u qismi yog‘liroq va mazaliroqdir.

Yoqimli ishtaha!!!
Veb sahifa: www.juvajon.com