Pita noni bu Yaqin sharq mamlakatlarining nonidir. Uning vatani Gretsiya. Bu yengil va yupqa non bo‘lib, odatda ushoq bo‘lmaydi. Pita noni orasi cho‘ntak bo‘lib, har xil sabzavotlar, pishloq va pishgan go‘sht mahsulotlari bilan to‘ldirish uchun qo‘l keladi.
Bitta idishda iliq suv, xamirturush, shakar va 200 gr unni aralashtirib oling va ustini tarelka bilan yopib 20-25 minut tindiring. Vaqt o‘tgach ustini oching. Aralashmaning yuzasi ko‘pik bo‘lib qolishi kerak.
Endi zaytun yog‘i, tuz va unning qolgan qismini qo‘shing. Yumshoqroq, lekin qo‘lga yopishmaydigan xamir qoring.
Xamirni stolning ustiga olib yaxshilab ishlov bering. Buning uchun xamirning birini cho‘zing va yana buklang. Shu yo‘l bilan xamirga 8-10 minut ishlov bering. Endi xamirni yog‘langan idishga solib 2 soat iliq joyda oshiring. Albatta usti o‘ralgan holatda.
2 soatdan keyin oshgan xamirni olib, uni to‘rtburchak shakliga keltirib oling va 8 ga bo‘ling.
Keyin qismlardan zuvala yasang. Odatda pita uchun zuvala xamirning tepasidan pastga tortiladi. Keyin ostiga tiqiladi. Lekin zuvalani boshqa yo‘l bilan ham qilsa bo‘ladi.
Endi zuvalalarning ustiga biroz un sepib, ustini o‘rang va yarim soat tindiring.
Yarim soatdan so‘ng zuvalaning bittasini oling va 20 sm atrofida dumaloq yoki oval shaklida yoyib oling.
Pitalarni tovada yoki duxovkada pishirsa bo‘ladi.
Tovada pishirish uchun tovani qiziting va ozgina zaytun yog‘idan surkab oling. Ustiga yoyilgan pitani soling.
Pita ishib chiqadi.
Bir tomini qizargach, ikkinchi tomonini ontaring va ikki minit atrofida pishiring. Keyin yana narigi tomoniga ontaringva 30 sekund pishiring. Endi pitani tovadan oling va keyingisini soling.
Duxovkada pishirish uchun yoyilgan pitani ozgina un sepilgan listga qo‘ying. 220°C -240°C qizib turgan duxovkada 6 minut davomida pishiring.
Bu usulda ham pita ishib chiqadi. Agar ishib chiqmasa bilingki, duxovka yetarlicha qizigan emas.
Pishgan nonlarni o‘rab turing. Nonlar pasayadi, lekin kesib qaralganda orasida cho‘ntak bo‘ladi.
Hamma pita nonlar pishgach ularni homus, tzatziki sousi bilan dasturxonga torting. Yoki bo‘lmasa Grekcha gyros bilan orasini to‘ldiring.
E’tibor qiling:
Pita nonlari orasida cho‘ntak bo‘lishi uchun ularni ikkinchi marta (30 minut) tindirish kerak. Hamda, uni issiq tova yoki duxovkada pishirish muhim. Bo‘lmasa non ishib chiqmaydi va orasi ochilmaydi.
Xamir qorishda ortiqcha un qo‘shib yubormang.
Pitalar oqishroq bo‘ladi, qizartirib pishirmang.
Yoqimli ishtaha!!!
Veb sahifa: www.juvajon.com
Medovik tortining retseptlari juda ko‘p. Hammasi o‘ziga yarasha mazali va… Qolganini o'qish
Qizil barxat torti AQSHning Mariland shtatida XX asrning boshlarida paydo… Qolganini o'qish
Bolonya spagettisi Italiyaning shimolida joylashgan Bolonya shahrida birinchi marta tayyorlangan… Qolganini o'qish
Afg‘oncha napoleon torti O‘zbekistonda keng tarqalgan tortlardan biri. Uning mazasi… Qolganini o'qish
Frittata juda mazali, hamda oqsil va vitaminlarga boy. Nonushta yoki… Qolganini o'qish
Oshqovoqli karri yana bir ajoyib hind taomidir. Bu sog‘lom va… Qolganini o'qish