Dessertlar

Scone (skon) – inglizcha pryannik

Scone (o‘qilishi ‘skon’) – Britaniaya qirolichasining eng yaxshi ko‘rgan pryanniki. U odtada soat kunduzgi 2 va 5 ning oralig‘ida yeyiladigan “cream tea”ning bir komponenti bo‘lib, Britaniyaning elit mehmonxonalarida dasturxonga tortiladi. Marhamat, inglizcha pryannik retsepti bilan tanishing.

Men skonni tez tayyor bo‘lgani uchun odatda nonushtaga tayyorlayman.

Kerakli mahsulotlar: (12 dona skon uchun)

  • 400gr un
  • 120-130 gr margarin
  • 100 gr shakar
  • 1ta osh qoshiq razrixlitel yoki 1 choy qoshiq osh sodasi (uksus bilan eritilgan)
  • 60ml atrofida sut
  • 1dona tuxum
  • 3-4 tomchi limon soki yoki uksus

Birinchi sutga uksus yoki limon sokini qo‘shib sut zardobi “buttermilk” tayyorlab olamiz.

Endi hamma quruq mahsulotlarni laganchaga solib aralashtiramiz. Uning ustiga margarinni qo‘shib uvalab olamiz.

Sutga bitta tuxumni chaqib vilka bilan uni ham aralashtiramiz.

Endi quruq va suyuq mahsulatlarni qo‘shib xamir qilamiz (sut va tuxumlik aralashmadan bir qoshiq saqlab qo‘ying). Agar mayiz qo‘shishni xohlasangiz shu yerda qo‘shib oling. Bu xamir qo‘lga yopishadigan yumshoqlikda bo‘lib tezda qoriladi.

Hamirni 5 minut ustini o‘rab dam oldirganimizdan so‘ng, uni 1.5-2 sm qalinlikda yoyib olamiz va stakan bilan doira shaklida kesib chiqamiz. Chekkasidan chiqqan xamirni yana darrov zuvala qilib uni ham yoyib, kesib olamiz.

Endi olib qo’gan sutlik aralashmadan skonlarni ustiga surib,ozgina shakar sepib chiqamiz.

Skonlar 180C° da qizib turgan duxovkada 20 minut davomida pishadi.

Ularni ozgina sovutib, dasturxonga torting.

E’tibor qiling:

Skonni xamiriga ko‘p ishlov berib yubormang, bo‘lmasa qattiq bo‘lib qoladi.

Sutlik aralshmani skonni listga joylashdan oldin surkab oling, bo‘lmasa skonlar yaxshi ko‘tarilmay qolishi mumkin (tuxum listga yopishib ko‘tarilishini to‘xtatadi).

Skonni juda ham qizartirib pishirmang, chunki bu odatda och tilla rang bo‘ladi.

Skonni o‘zini yoki o‘rtasiga djem, saryog‘, shokolad pastasi yoki qaymoq surib is‘temol qilinadi.

Britaniya qirolichasi skonning o’rtasiga djem va ko‘pirtirilgan qaymoq qo’yib yeyishni yoqtiradi, eng birinchi rasmdagidek. Siz ham shunday yeb ko’ring, balki sizga ham yoqib qolar)).

Yoqimli ishtaha!!!

Blogda ingliz oshxonasining boshqa retseptlari bilan ham tanishing. Masalan Viktoriya torti, yoki sabzili tort Carrot Cake.

Telegram kanalimizga ulaning

Eng so'nggi retseptlar

Medovik torti (Klassik turi)

Medovik tortining retseptlari juda ko‘p. Hammasi o‘ziga yarasha mazali va… Qolganini o'qish

Qizil Barxat torti (Red velvet cake)

Qizil barxat torti AQSHning Mariland shtatida XX asrning boshlarida paydo… Qolganini o'qish

Bolonya spagettisi – Spaghetti bolognese

Bolonya spagettisi Italiyaning shimolida joylashgan Bolonya shahrida birinchi marta tayyorlangan… Qolganini o'qish

Afg‘oncha napoleon torti

Afg‘oncha napoleon torti O‘zbekistonda keng tarqalgan tortlardan biri. Uning mazasi… Qolganini o'qish

Frittata – yoki Italiyancha omlet

Frittata juda mazali, hamda oqsil va vitaminlarga boy. Nonushta yoki… Qolganini o'qish

Oshqovoqli karri- go’shtsiz sog’lom taom

Oshqovoqli karri yana bir ajoyib hind taomidir. Bu sog‘lom va… Qolganini o'qish