Shakshuka yaqin sharqda uzoq asrlardan beri tayyorlanib keladigan taom. U tezda tayyor bo‘ladigan foydali va mazali nonushta yoki tushlik. Shakshuka kechki ovqatga ham yengilroq taom sifatida berilishi mumkin.
Kerakli mahsulotlar (4 portsiya uchun):
Ziravorlar: zira maydasi, paprika, murch va tuz
Tovada yog‘ni sal qiziting (esda tuting zaytun yog‘ini ko‘p qizitib bo‘lmaydi) va unga mayda kubik qilib to‘rg‘algan piyozni va chesnokni soling.
Piyoz yumshagach uning ustiga mayda to‘rg‘algan bulg‘or qalampiri va achchiq qalampirni soling.
Endi ziravorlarni ham soling.
Keyin to‘rg‘algan pomidorlarni ham soling. Biroz pishiring. To‘rg‘algan kashnichning bir qismini ham qo‘shing.
Keyin qoshiq yordamida tovada tuxumga joy qilib (rasmga qarang) bitta-bitta tuxumlarni chaqing. Ozgina tuz va murch seping. Qopqog‘ini biroz muddatga yoping.
Olovni o‘chirishdan oldin kashnichning qolganini seping.
Endi olovni o‘chirib shakshukani dasturxonga yumshoq non bilan torting. Odatda shakshuka tova bilan birgalikda dasturxonga qo‘yiladi.
E’tibor qiling:
Shakshuka achchiq emas, lekin qalampirning yengil ta’mi keladigan taom.
Tuxumning sarig‘ini qanchalik pishirish ta’bga bog‘liq.
Yana ta’bga qarab zaytun donalaridan ham qo‘shsa bo‘ladi.
Yoqimli ishtaha!!!
Blogda yana boshqa yaqin sharq mamlakatlarining retseptini ham topasiz. Masalan, mousakka, yoki kakao va sutli tort.
Veb sahifa: www.juvajon.com
Medovik tortining retseptlari juda ko‘p. Hammasi o‘ziga yarasha mazali va… Qolganini o'qish
Qizil barxat torti AQSHning Mariland shtatida XX asrning boshlarida paydo… Qolganini o'qish
Bolonya spagettisi Italiyaning shimolida joylashgan Bolonya shahrida birinchi marta tayyorlangan… Qolganini o'qish
Afg‘oncha napoleon torti O‘zbekistonda keng tarqalgan tortlardan biri. Uning mazasi… Qolganini o'qish
Frittata juda mazali, hamda oqsil va vitaminlarga boy. Nonushta yoki… Qolganini o'qish
Oshqovoqli karri yana bir ajoyib hind taomidir. Bu sog‘lom va… Qolganini o'qish