Sog‘lom nonushta deyilishi uchun taomda oqsil, tez va sekin hazm bo‘ladigan uglevodlar, foydali yog‘lar bo‘lishi kerak. Yana sog‘lom nonushta mineral moddalarga va vitaminlarga boy bo‘lishi kerak. Bu retsept bilan tayyorlangan kashada yuqorida sanalgan hamma xususiyatlar bor. Ustiga-ustak bu nonushtani tayyorlash juda oson va oldindan tayyorlab qo‘yiladi. Shuning uchun bu taom band, lekin sog‘lom nonushta qilishni xohlaydiganlar uchun juda qo‘l keladi.
Kerakli mahsulotlar (5-6 portsia uchun):
Ustiga qo‘yish uchun: banan, ho‘l mevalar, har xil yong‘oqlar
Idishda suli, tuz, chia urug‘i, dolchin va kakos maydasini aralashtiring.
Ularning ustiga sut va yogurtni quying. Hammasini aralashtirib, kechasi bilan xolodilnikda tindiring. Kechasi bilan suli suyuqlikni tortib oladi. Natijada u yumshab qoladi.
Ertalab kashani idishlarga bo‘ling. Ustiga xohishga qarab mevalar va yong‘oqlar qo‘ying. Eng tepasiga esa ozgina asal soling. Men ba’zilariga rezavor mevalar, ba’zilariga esa yong‘oqlar qo‘shdim.
Sog‘lom nonushta tayyor. Uni dasturxonga torting.
E’tibor qiling:
Bu sog‘lom nonushtani usti yopiq idishda ish yoki o‘qishga olib ketish mumkin.
Bu kasha sovuq holida iste’mol qilinadi.
Men sulining mayda turidan foydalandim. Agar sizda uning katta turi bo‘lsa, maydalab oling.
Bu sog‘lom nonushtani bir marta tayyorlab qo‘yib, besh kungacha iste’mol qilish mumkin. Faqat xolodilnikda saqlash kerak. Muzlatish mumkin emas.
Yana sog‘lom nonushtaga yong‘oqlar pastasidan qo‘shish mumkin. Masalan, yer yong‘oq yoki bodom pastasidan.
Yoqimli ishtaha!!!
Blogda boshqa sog‘lom nonushtalarning retseptlarini ham ko‘ring. Masalan, ovsyankali pecheneye yoki granola va parfait.
Veb sahifa: www.juvajon.com
Medovik tortining retseptlari juda ko‘p. Hammasi o‘ziga yarasha mazali va… Qolganini o'qish
Qizil barxat torti AQSHning Mariland shtatida XX asrning boshlarida paydo… Qolganini o'qish
Bolonya spagettisi Italiyaning shimolida joylashgan Bolonya shahrida birinchi marta tayyorlangan… Qolganini o'qish
Afg‘oncha napoleon torti O‘zbekistonda keng tarqalgan tortlardan biri. Uning mazasi… Qolganini o'qish
Frittata juda mazali, hamda oqsil va vitaminlarga boy. Nonushta yoki… Qolganini o'qish
Oshqovoqli karri yana bir ajoyib hind taomidir. Bu sog‘lom va… Qolganini o'qish