Stir-fray odatda sharqiy osiyo mamlakatlarida tayyorlanadi. Har bir mamlakatning o‘ziga xos stir-fray tayyorlash usuli bor. Bugungi retsept stir-frayning koreyscha usuli. Tezda tayyor bo‘ladigan va mazali retsept.
Avval go‘shtni ingichka va uzun qilib to‘rg‘ab olamiz. Odatda bu taomga go‘sht pichoqni yonboshlatib kesiladi (rasmga qarang).
Keyin idishda soya sousi, ezilgan chesnok, mayda qalampir va kraxmalni aralashtirib olamiz. Bu aralashmaga 1 osh qoshiq suv quyamiz. Aralashmani bir chetga surib qo‘yamiz.
Endi chuqur tova yoki vokka yog‘ning bir qismini quyamiz (sharqiy osiyo oshxonasida ‘vok’ deb nomlanuvchi chuqur tova ko’p ishlatiladi). Qizigach ustiga 2 ta chesnok tishini maydalab solamiz.
Chesnokning hidi chiqishi boshlashi bilan go‘shtni solamiz. Go‘shtni balandroq olovda qo‘g‘iramiz. Go‘shtga tuz sepamiz. Go‘shtni 3 minut atrofida qo‘g’iramiz. Keyin go‘shtni boshqa bir idishga olib turamiz.
Endi tovaga yog‘ning qolgan qismini quyamiz va to‘rg‘algan sabzavotlarni ustiga solamiz.
Hammasini baland olovda qo’g’iramiz. Sabzavotlar biroz yumshagach go‘shtni qayta tovaga solamiz.
Keyin oldindan tayyorlab qo‘yilgan sousni quyamiz. Hammasini bir-ikki qo‘g‘iramiz. Ta’bga qarab tuz solamiz.
Alohida idishda lapshani yo‘llanmasiga qarab tayyorlab olamiz. Keyin uni ham sabzavotlar va go‘shtning ustiga solamiz.
Orada kunjut urug‘ini qizdirib olamiz.
Stir-fray tayyor. Uni idishlarga solib ustiga kunjut urug‘idan sepamiz. Endi stir-frayni dasturxonga tortamiz.
Agar sizning tovangiz kichkina bo‘lsa hamma mahsulotlarni ikkiga bo‘lib pishiring. Sti-fray tezda va baland olovda pishadigan taom.
Stir-frayda sabzavotlarning suvi chiqib ketmasligi kerak.
Go‘sht yupqa qilib to‘rg‘alganligi uchun u tezda pishadi.
Blogda koreycha usulda baqlajon salatning retseptini ham topasiz. Yana tayland usulida bodiringli salatning retsepti ham bor.
Veb sahifa: www.juvajon.com
Medovik tortining retseptlari juda ko‘p. Hammasi o‘ziga yarasha mazali va… Qolganini o'qish
Qizil barxat torti AQSHning Mariland shtatida XX asrning boshlarida paydo… Qolganini o'qish
Bolonya spagettisi Italiyaning shimolida joylashgan Bolonya shahrida birinchi marta tayyorlangan… Qolganini o'qish
Afg‘oncha napoleon torti O‘zbekistonda keng tarqalgan tortlardan biri. Uning mazasi… Qolganini o'qish
Frittata juda mazali, hamda oqsil va vitaminlarga boy. Nonushta yoki… Qolganini o'qish
Oshqovoqli karri yana bir ajoyib hind taomidir. Bu sog‘lom va… Qolganini o'qish