You are currently viewing Bodringli salat – Tayland usulida

Bodringli salat – Tayland usulida

Bodringli salat juda yengil bo‘lib u yoz fasli uchun juda mos tushadi. Juda oz xildagi mahsulotlardan tayyorlanadi.  Bu bodringli salatni tayyorlash ham oson.

Kerkali mahsulotlar (2 portsiya uchun):

  • 2-3 dona bodring
  • 1-2 dona ko‘k piyoz
  • Yarimta ta kichkina piyoz

Sousi uchun:

  • 1 ta laymning sharbati (yo‘q bo‘lsa limon)
  • Ozgina qizil qalampir maydasi (ta’bga qarab)
  • 1 osh qoziq o‘simlik yog‘i
  • 1 choy qoshiq uksus (agar bo‘lsa guruch uksusi)
  • Ozgina baliq yoki soya sousi
  • 1 choy qoshiq asal
  • Tuz va murch
Bodringli salat uchun mahsulotlar

Bodringni maxsus yoki oddiy pichoq bilan somoncha qilib to‘rg‘ab oling.

Bodring to'rg'ash

Uning ustiga mayda to‘rg‘algan piyoz va ko‘k piyozni qo‘shing.

Bodringli salat uchun mahsulotlar

Endi sousning hamma mahsulotlarini bitta idishda aralashtirib oling va bodringning ustiga quying.

Bodringli salat

Bodringli salatni aralashtirib dasturxonga torting. Xohishga qarab ustiga mayda qizil qalampir sepish mumkin.

E’tibor qiling:

Bodringli salat dasturxonga darrov tortiladi. Salat uzoq tursa bodringning suvi chiqib ketadi.

Bodringli salat

Yoqimli ishtaha!!!

Blogda yana boshqa sog‘lom va tezda tayyor bo‘ladigan salatlarning retseptini ham topasiz.

Telegram kanalimizga ulaning

Veb sahifa: www.juvajon.com