Men iftrolik dasturxonini eslaganimda albatta dissert uchun rulet hayolimga keladi. Bugun sizlar bilan ajoyib rulet retseptini ulashaman, bir tayyorlab ko‘ring. Bu rulet birinchi marta Avstriyada tayyorlangan va keyinchalik butun Yevropa bo‘ylab tarqalgan.
Xamir uchun
Krem uchun
Murabbo uchun
Avvalo rulet uchun ketadigan murabboni tayyorlab olamiz. Buning uchun to‘rg‘algan 200 gr qulupnayning ustiga 30 gr shakar va 10 ml suvni qozonchada past olovda 10-15 minut qaynatamiz.
Oldin qulupnayning suvi chiqadi, keyin murabbo qo‘yiladi. Ora-orada aralashtirib turamiz. Kerak bo‘lsa qoshiq bilan qulupnaylarni ezib qo‘yamiz. Pishgach sovishi uchun chetga surib qo‘yamiz.
Murabbo tayyor bo‘lib turgunicha xamirni tayyorlab olamiz. Tuxumlarni va shakarni mikser yordamida oppoq bo‘lgunicha ko‘pirtiramiz.
Keyin ozgina vanilin va 20 ml yog‘ni solib, yana 1-2 minut ko‘pirtirishda davom etamiz.
Keyin elangan un, razrixlitel va tuzni solib, xamirni katta qoshiq bilan bir tomonga aralashtiramiz.
Endi fergament qog‘ozi solingan 33×23 smlik listga quyamiz va 180C°da qizib turgan duxovkada 12-15 minut pishirib olamiz. Men qilgan biskvit 13 minutda pishdi.
Bitta toza sochiqqa shakar kukunidan sepamiz va pishgan issiq biskvitni sochiqning ustiga to‘ntarib olamiz.
Keyin fergamentni olib tashlab, biskvitning u tomoniga ham shakar kukunidan sepamiz.
Endi biskvitni sochiq bilan birga rulet qilib o‘rab, uni sovishi uchun bir soatga olib qo‘yamiz.
Biskvit sovigach, qaymoqli kremni tayyorlaymiz. Qaymoq, vanilin va 3 osh qoshiq shakar kukunini bitta idishga solib mikser yordamida, qaymoqning ustida iz qoladigan bo‘lgunicha ko‘pirtiramiz. Doimgidek hamma narsa muzdek bo‘lsin.
Endi ruletni ochib olamiz va unga qulupnayli murraboni tekis qilib surkab chiqamiz.
Uning ustidan qaymoqli kremni ham bir tekisda surkab chiqamiz. Chetlaridan biroz joy qolsin.
Endi biskvitni yana rulet qilib o‘raymiz. Keyin yana o‘sha sochiqqa o‘rab xolodilnikka 2-3 soatga solib qo‘yamiz, shakli qotishi uchun.
Vaqt o‘tgach ruletni olamiz va ustiga shakar kukuni sepamiz. Keyin ikki chetini tekis qilib kesib olamiz.
Rulet tayyor, uni shunday shakar kukuni bilan yoki ustini bezab dasturxonga torting. Men qaymoqli kremdan ozgina olib qo‘ygan edim, undan ruletning ustiga gul chiqardim va qulupnaylarni o‘rtasidan kesib qo‘ydim.
Bu biskvitga razrixlitel ko‘p qo‘shib yubormang, biskvit ko‘tarilib ketsa, uni rulet qilib o‘ralganda, bo‘linib ketadi.
Yog‘ni ko‘rsatilgan miqdorda qo‘shing, bo‘lmasa biskvitni rulet qilib o‘rash qiyin bo‘ladi.
Bu ruletni boshqacha krem bilan to‘ldirsa ham bo‘ladi. Lekin qulupnay va qaymoq bir-biriga juda mos tushadi.
Yana qulupnay o‘rniga malinadan murabbo tayyorlasa ham bo‘ladi.
Yoqimli ishtaha!!!
Blogdagi boshqa dessertlarni ham albatta ko’zdan kechiring. Masalan Tres Leches nomli tort tayyorlab ko’ring.
Veb sahifa: www.juvajon.com
Medovik tortining retseptlari juda ko‘p. Hammasi o‘ziga yarasha mazali va… Qolganini o'qish
Qizil barxat torti AQSHning Mariland shtatida XX asrning boshlarida paydo… Qolganini o'qish
Bolonya spagettisi Italiyaning shimolida joylashgan Bolonya shahrida birinchi marta tayyorlangan… Qolganini o'qish
Afg‘oncha napoleon torti O‘zbekistonda keng tarqalgan tortlardan biri. Uning mazasi… Qolganini o'qish
Frittata juda mazali, hamda oqsil va vitaminlarga boy. Nonushta yoki… Qolganini o'qish
Oshqovoqli karri yana bir ajoyib hind taomidir. Bu sog‘lom va… Qolganini o'qish