Nonushta

Vatrushka – bolaligimizdan sevimli taom

Vatrushkalar rus va ukrain oshxonasining vakili bo‘lib, sobiq sovet ittifoqi davlatlarida keng tarqalgan. Vatrushka xamirturushli, yoki xamirturushsiz xamirdan tayyorlanadi. Bu vatrushka oshirilgan xamirdan tayyorlangan turi.

Kerakli mahsulotlar (10 dona uchun):

Vatrushka xamiri uchun

  • 350 gr atrofida un
  • 100 ml sut
  • 2-3 osh qoshiq shakar (ta’bga qarab)
  • 2 osh qoshiq eritilgan maragrin yoki o‘simlik yog‘i
  • 7 gr (1.5 choy qoshiq) xamirturush (дрожжи )
  • 1 dona tuxum
  • Ozgina tuz
  • Ozgina vanilin

Vatrushkani to‘ldirish uchun

  • 200 gr tvorog
  • 2 osh qoshiq shakar (xohlasangiz ko‘proq)
  • 1 dona tuxum
  • 1 osh qoshiq un
  • Ozgina tuz
  • Ozgina vanillin
  • Va ustiga surkash uchun bitta tuxum sarig‘i

Vatrushlka uchun xamir qorish

Iliq sutga xamirturush va shakarni solib 5 minut tindiring.

Keyin tuxum, yog‘, tuz va elangan unni solib yumshoq xamir qoring.

Xamirga yaxshilab ishlov bering, ustini yog‘lab, o‘rab 45-60 minut iliq joyda oshiring. Xamir oshib chiqqach uni zuvalachalarga bo‘ling. Men 10 taga bo‘ldim.

Keyin zuvalalarni yog‘langan listga orasida joy qoldirib terib chiqing. Ustini o’rab 10-15 minut yana oshiring.

Vatrushka uchun nachinka tayyorlash

Tvorogni tuxum, tuz, un, vanilin va shakar solib aralashtiring. Bu aralashmani xona haroratida qoldiring.

Endi orqasi yog‘langan stakan bilan, zuvalachalarni o‘rtasida chuqurcha qilib chiqing.

Keyin bu chuqurchalarni tvorogli aralalashma bilan to‘ldiring. Men 1.5 osh qoshiqdan soldim.

Endi vatrushkalarning ustini o‘rab yana 20-25 minut oshiring.

Vaqt o‘tgash ularning ustiga ozgina sut aralashgan tuxum sarig‘ini surkang. Endi 200C° da qizib turgan duxovkada 12-15 minut pishirib oling. Men 14 minut pishirdim.

Tayyor vatrushkalarni yangiligida nonushtaga torting. Xohlasangiz ozgina shakar kukunidan seping.

E’tibor qiling:

Tvorog sovuq bo‘lmasin, bo‘lmasa vatrushklar yaxshi oshib chiqmaydi.

Vatrushkaning xamirga ko‘p un solib yubormang, bo‘lmasa vatrushklar yumshoq bo‘lmaydi.

Xohishga qarab tvorogli aralashmaga mayiz solsa ham bo‘ladi.

Yoqimli ishtaha!!!

Blogda tvorogli pirogning retsepti ham ko’ring.

Telegram kanalimizga ulaning

Veb sahifa: www.juvajon.com

Eng so'nggi retseptlar

Medovik torti (Klassik turi)

Medovik tortining retseptlari juda ko‘p. Hammasi o‘ziga yarasha mazali va… Qolganini o'qish

Qizil Barxat torti (Red velvet cake)

Qizil barxat torti AQSHning Mariland shtatida XX asrning boshlarida paydo… Qolganini o'qish

Bolonya spagettisi – Spaghetti bolognese

Bolonya spagettisi Italiyaning shimolida joylashgan Bolonya shahrida birinchi marta tayyorlangan… Qolganini o'qish

Afg‘oncha napoleon torti

Afg‘oncha napoleon torti O‘zbekistonda keng tarqalgan tortlardan biri. Uning mazasi… Qolganini o'qish

Frittata – yoki Italiyancha omlet

Frittata juda mazali, hamda oqsil va vitaminlarga boy. Nonushta yoki… Qolganini o'qish

Oshqovoqli karri- go’shtsiz sog’lom taom

Oshqovoqli karri yana bir ajoyib hind taomidir. Bu sog‘lom va… Qolganini o'qish