Yaxna kofe 1840 yillarda Jazoirda paydo bo‘lgan. Hozirda uning juda ko‘p turi uchraydi. Yaxna kofe oxirgi 10 yil ichida eng keng tarqalgan ichimliklardan biriga aylangan. Bu usulda tayyorlangan kofe issiq oylar uchun juda mos tushadi. Bu kofe odamni tetiklantiruvchi va mazali ichimlikdir.
Kerakli mahsulotlar (1 portsiya uchun):
Avval kofeni damlab qo‘yamiz. Doimgidan ko‘ra ikki barobar kuchliroq damlang. U xona haroratida sovigach, xolodilnikda sovitib olamiz. Men 3-4 soat qoldiraman. Kechasi bilan qoldirish ham mumkin.
Men yaxna kofeni ikki xil usulda tayyorladim.
Birinchi usul
Sut, kofe, quyultirilgan sut va muzni blenderda aralashtiramiz. Keyin uni stakanga quyamiz. Tayyor bo‘lgach, xohishga qarab yana stakanga muz kubiklaridan solamiz.
Ikkinchi usul
Sut, kofe, quyultirilgan sut, eritilgan shokolad va tuzni bankada aralashtirib olamiz. Blendersiz tayyorlashga ayni muddao.
Endi uni muz solingan stakanga quyamiz.
Yaxna kofe tayyor, uni dasturxonga tortamiz.
E’tibor qiling:
Shokolad va tuz birgalikda ajoyib ta’m yaratadi.
Yaxna kofeni darrov tayyor bo‘ladigan kofe yoki qaynatiladigan kofedan tayyorlash mumkin.
Yaxna kofega hayvon sutining o‘rniga bodom yoki kokos sutidan qo‘shish ham mumkin.
Yoqimli ishtaha!!!
Blogda yana bir ajoyib kofedan tayyorlangan ichimlik –dalgona kofening retseptini topasiz.
Veb sahifa: www.juvajon.com
Medovik tortining retseptlari juda ko‘p. Hammasi o‘ziga yarasha mazali va… Qolganini o'qish
Qizil barxat torti AQSHning Mariland shtatida XX asrning boshlarida paydo… Qolganini o'qish
Bolonya spagettisi Italiyaning shimolida joylashgan Bolonya shahrida birinchi marta tayyorlangan… Qolganini o'qish
Afg‘oncha napoleon torti O‘zbekistonda keng tarqalgan tortlardan biri. Uning mazasi… Qolganini o'qish
Frittata juda mazali, hamda oqsil va vitaminlarga boy. Nonushta yoki… Qolganini o'qish
Oshqovoqli karri yana bir ajoyib hind taomidir. Bu sog‘lom va… Qolganini o'qish