Asosiy taomlar

Alla Norma – yoki italyancha baqlajonli pasta

Bu turdagi pasta Italiyaning Sitsiliya orolida kelib chiqqan va dunyoning ko‘p joylariga tarqalgan. Baqlajon, rayhon va pishloqdan qilinadigan sousning ta’mi juda ham yoqimli. Vegetarianlar uchun ham ayni muddao.

Kerakli mahsulotlar (5 portsiya uchun):

  • 2-3 dona baqlajon (hajmiga qarab)
  • 4-5 dona pomidor
  • 2 dona piyoz
  • 2 dona chesnok tishi
  • 100-150 ml o‘simlik yog‘i
  • Ozgina rayhon barglari
  • 30 gr parmazan pishlog‘i (bo‘lmasa pishloqning boshqa qattiq turi)
  • 100 gr mozarrella yoki boshqa pishloq (yengil turi)
  • Tuz va murch
  • 500 gr pasta (har qanday turi, men qora bug‘doy unidan tayyorlanganini ishlatdim)

Baqlajonlarni 4ta joyidan po‘chog‘ini uzunasiga archib olamiz va o‘rtasidan bo‘lib, rasmdagidek qilib to‘rg‘aymiz. Baqlajoning urug‘i ko‘p bo‘lsa olib tashlang.

Endi bu to‘rg‘algan baqlajonlarni yog‘ solingan tovada ikki-uch qismga bo‘lib qo‘g‘irib olamiz.

Qo‘g‘irilgan qismini tarelkaga solib, ustiga ozgina tuz sepamiz. Baqlajonning hammasini shunday qilib qo‘g‘irib olamiz. Yog‘i ozayganda tovaga yog‘ quyib turing.

Baqlajon qo‘g‘irilgan tovaga mayda to‘rg‘algan piyoz va chesnokni solamiz.

Bir-ikki aralashtirib (piyoz qizarishi shart emas), to‘rg‘algan pomidor, rayhon barglari, tuz va murch soling. Bu sousni 15-20 minut ustini yopib pishiring.

Bu sous pishib turgunicha, katta idishda suv qaynatib, pastani pishirib oling. Albatta suvga tuz solish yodingizdan ko‘tarilmasin.

Sousning pishishiga 5 minut qolganida uning ustiga baqlajonni soling va pasta qaynayotgan suvdan 200 ml quying.

Eng oxirida qirg‘ichdan o‘tkazilgan pishloqni soling.

Pastaning suvini to‘king va uning ustiga sousni soling.

Hammasini yaxshilab aralashtirib oling.

Alla Normani issiqligida dasturxonga torting. Ta’bga qarab ustiga murch, rayhon va ozgina pishloq seping.

E’tibor qiling:

Pastani yo‘llanmasiga qarab pishirib oling.

Sous qo‘yilib ketsa pasta qaynagan suvdan qo‘shing.

Bu taom uchun baqlajonning mayda sorti juda mos tushadi, chunki mayda sortida urug‘ oz bo‘ladi.

Bu sous qaynatilgan guruch yoki kuskus bilan ham juda mos tushadi.

Yoqimli ishtaha!!!

Blogda yana Qaymoqli Pasta retsepti ham bor. Spagetti Karbonara retseptini ham ko’zdan kechiring, u ham ajoyib italyancha taom.

Telegram kanalimizga ulaning

Veb sahifa: www.juvajon.com

Eng so'nggi retseptlar

Medovik torti (Klassik turi)

Medovik tortining retseptlari juda ko‘p. Hammasi o‘ziga yarasha mazali va… Qolganini o'qish

Qizil Barxat torti (Red velvet cake)

Qizil barxat torti AQSHning Mariland shtatida XX asrning boshlarida paydo… Qolganini o'qish

Bolonya spagettisi – Spaghetti bolognese

Bolonya spagettisi Italiyaning shimolida joylashgan Bolonya shahrida birinchi marta tayyorlangan… Qolganini o'qish

Afg‘oncha napoleon torti

Afg‘oncha napoleon torti O‘zbekistonda keng tarqalgan tortlardan biri. Uning mazasi… Qolganini o'qish

Frittata – yoki Italiyancha omlet

Frittata juda mazali, hamda oqsil va vitaminlarga boy. Nonushta yoki… Qolganini o'qish

Oshqovoqli karri- go’shtsiz sog’lom taom

Oshqovoqli karri yana bir ajoyib hind taomidir. Bu sog‘lom va… Qolganini o'qish