You are currently viewing Kleftiko – qo‘y go‘shtidan yana bir ajoyib taom

Kleftiko – qo‘y go‘shtidan yana bir ajoyib taom

Kleftiko grek oshxonasining yana bir mashhur taomi bo‘lib u qo‘y go‘shtini uzoq vaqt past olovda pishirish bilan tayyorlanadi. Oldingi paytlarda u chuqurga cho‘g‘ solib pishirilgan. Bugun biz kleftikoni duxovkada pishiramiz.

Kerakli mahsulotlar (8-9 kishi uchun):

  • 2 kg qo‘y go‘shtining yelka yoki oyoq qismi (men 2.3 kglik oyoq qismini ishlatdim)
  • 1 dona limonning sharbati va zesti (po‘chog‘i)
  • 3 osh qoshiq zaytun yog‘i
  • 4 dona chesnok tishi
  • Yarim choy qoshiq dolchin kukuni ( корица)
  • 4 dona lavr bargi
  • 1 osh qoshiq oregano
  • 1 osh qoshiq yangi yoki quritilgan rozmarin
  • Tuz va murch
  • 1.5 kg kartoshka

Idishda (stupa) chesnok, ozgina tuz va rozmarinni e’zib oling.

rozmarin va chesnok

Keyin ularning ustiga limoning zesti, sharbati, zaytun yog‘i, dolchin, oregano, tuz va murchni qo‘shing.

Kleftiko uchun ziravorlar

Endi go‘shtning ustida pichoq bilan kichkina teshiklar qilib chiqing.

Qo'zichoq go'shti

Keyin go‘shtning ustiga tuzlamani qo‘l bilan surkang. Ustiga lavr bargini qo‘yib, go‘shtning ustini o‘rab xolodilnikka kamida 6 soatga solib qo‘ying. Men kechasi bilan qoldiraman.

Ziravorli qo'y go'shti

Keyingi kuni go‘shtni xolodilnikdan olib xona haroratiga keltiring.

Listga 2-3 qavat qilib fergament qog‘ozidan soling. Qog‘ozning ustiga archilgan kartoshkani butunligicha qo‘ying. Ozgina tuz va murch seping. Go‘shtning tagiga tushib qolgan tuzlamani kartoshkalarning ustiga quying.

kartoshka

Endi xona haroratidagi go‘shtni kartoshkalarning ustiga qo‘ying va ustini yaxshilab fergament qog‘oz bilan o‘rang.

Eng tepasiga folga qog‘ozidan soling.

Endi go‘shtni 160°C da 5 soat pishiring. 5 soat o‘tgach go‘shtning ustini oching. Buning uchun qaychi ishlating.

Kleftiko

Endi duxovkaning gradusini 190°C ga ko‘tarib go‘shtni yarim soat mobaynida qizartirib oling.

Kleftiko

Go‘sht qizarib chiqqach, uni duxovkadan oling va boshqa idishga olib, ustini o‘rab turing.

Kleftiko

Endi kartoshkalarni duxovkada qizartirib oling. Bu vaqt orasida go‘sht ham tinib turadi.

Kartoshkalar qizargach kleftikoni dasturxonga torting. Kleftiko odatda yalpiz va limonning sharbati qo‘shilgan yogurt bilan dasturxonga tortiladi. Men yoniga brokkoli ham pishirdim.

Kleftiko

E’tibor qiling:

Ovqatning suvini ehtiyotkorlik bilan cho‘mich yordamida listdan oling va uni ham dasturxonga qo‘ying, Xohlagan odam go‘shtning ustiga quyib oladi. Ortganini esa boshqa taomlar uchun ishlatsa bo‘ladi.

Go‘shtni ochish paytida uni ko‘tarib ochmang, faqat pichoq yoki qaychi bilan qog‘ozni kesing. Bo‘lmasa ovqatning suvi oqib, qo‘lni kuydirishi mumkin.

Kleftiko

Yoqimli ishtaha!!!

Blogda qo‘y go‘shtini butun pishirishning inglizcha usulini ham topasiz.

Telegram kanalimizga ulaning

Veb sahifa: www.juvajon.com