Baliqli pirog (fish pie) an’anaviy Britaniya taomidir. U qadimdan tayyorlanib kelinadi va Britaniyada juda ko‘p uchraydi. Baliqli pirog uchun odatda oq baliq go‘shti ishlatiladi. Bu taomda kartoshka, oq sous, pishloq va baliq go‘shti birgalikda ajoyib ta’m yaratadi.
Kerakli mahsulotlar (4-5 portsiya uchun):
Baliq go‘shtni pirog uchun tayyorlab olish
Buning uchun qozonchaga sutni quying va unga baliqni soling. Lavr bargi va qalampirmunchoqni qo‘shing.
Endi olovni yoqib baliqni 8 minut atrofida qaynating. Olov baland bo‘lmasin.
Vaqt o‘tgach baliq go‘shtini sutdan chiqarib oling. Sutni ham sovitish uchun qoldiring, u keyinroq bo‘ladi.
Baliq pirogi uchun bashmel sous tayyorlash (oq sous) tayyorlash
Qozonchaga zaytun yog‘i va sariyog‘ni soling. Sariyog‘ erigach unni soling.
Venchik bilan yaxshilab aralashtirib pishiring. Un qizarib ketmasin. Endi uning ustiga baliq qaynagan sutni oz-ozdan quying (sut albatta sovigan bo‘lsin).
Sousga tuz, murch va muskat yong‘og‘idan qo‘shing. Olovni balandlating. Sousni tinmay aralashtirib quyuqlashtiring. Sous tayyor bo‘lganda uni olovdan oling.
Endi sousning ustiga pishloqning yarmini qirg‘ichdan o‘tkazib qo‘shing.
Pishloq erigach sousning ustiga maydalangan baliq go‘shtini qo‘shing. Makkajo‘xori va to‘rg‘algan tuxumni ham soling.
Yog‘langan issiqqa chidamli idishga aralashmani soling. Keyin uning ustiga kartoshka pyureni soling.
Uning ustiga pishloqning qolgan qismini qirg‘ichdan o‘tkazing.
Baliqli pirogni 180⁰Cda qizib turgan duxovkada 35-40 minut atrofida pishiring.
Tayyor pirogni biroz sovitib, dasturxonga torting.
E’tibor qiling:
Baliqli pirog uchun boshqa dengiz mahsulotlaridan ham foydalanish mumkin.
Yoqimli ishtaha!!!
Blogda yana boshqa baliq go‘shtidan tayyorlanadigan Britaniya taomlarining retseptini topasiz. Masalan, qo‘g‘irilgan baliq yoki fish fingers.
Veb sahifa: www.juvajon.com
Medovik tortining retseptlari juda ko‘p. Hammasi o‘ziga yarasha mazali va… Qolganini o'qish
Qizil barxat torti AQSHning Mariland shtatida XX asrning boshlarida paydo… Qolganini o'qish
Bolonya spagettisi Italiyaning shimolida joylashgan Bolonya shahrida birinchi marta tayyorlangan… Qolganini o'qish
Afg‘oncha napoleon torti O‘zbekistonda keng tarqalgan tortlardan biri. Uning mazasi… Qolganini o'qish
Frittata juda mazali, hamda oqsil va vitaminlarga boy. Nonushta yoki… Qolganini o'qish
Oshqovoqli karri yana bir ajoyib hind taomidir. Bu sog‘lom va… Qolganini o'qish