Ash-e-jov Eronda tayyorlanadigan vegetarian taomdir. Bu perlovka sup tayyorlashga juda oson va ozgina mahsulotlardan tayyorlanadigan taom.
Kerakli mahsulotlar (4-5 portsiya uchun):
- 200 gr perlovka (arpa yormasi)
- 2 dona sabzi
- 200 ml sut
- 1 osh qoshiq sariyog‘
- 1 osh qoshiq un
- Bitta limonning sharbati
- Yarim bog‘ petrushka
- Tuz va murch
- 1 dona sabzavotlar zaxirasi (masalan Maggi kubiklari)
Perlovkani 3-4 soat yoki uzoqroqqa ivitib olamiz. Ivigan perlovkaning suvini to‘kib, ustiga sabzavotlar zaxirasi va sabzini qirg‘ichdan chiqarib soling. Ustiga 2 litr suv quying va olovga qo‘yib 1-1.5 soat atrofida yoki perlovka yumshagunicha qaynating.

Alohida qozonchaga sariyog‘ni soling va u erigach ustiga unni soling. Un pishguncha biroz qo‘g‘iring.

Endi olovni pastlatib, sutni oz-ozdan quying. Sutning hammasini quyib bo‘lgach, olovni yana balandlating. Sousni biroz past olovda pishiring. Tinmay aralashtirib turing.

Endi tayyor sousni pelovkali qozonga quying va yana 15 minut davomida qaynating.

Ta’bga qarab tuz va murch soling.

Keyin olovni o‘chirib supning ustiga limonning sharbati va mayda to‘rg‘algan petrushkani qo‘shing.
Perlovka sup tayyor, uni kosalarga bo‘lib dasturxonga torting.

E’tibor qiling:
Bu sup odatda go‘shtsiz tayyorlanadi, lekin xohishga qarab tovuq go‘shti qo‘shish mumkin.
Perlovka sup xolodilnikda ikki-uch kungacha yaxshi saqlanadi.
Yoqimli ishtaha!!!
Blogda yana boshqa mazali, vegetarian va sog‘lom taomlarning retseptini ham topasiz. Masalan, revizia yoki oshqovoq sup.
Veb sahifa: www.juvajon.com