Granola XIX asrning oxirlarida savdo markasi sifatida AQSHda ro’yxatdan o’tgan. Hozirda uning juda ko‘p turlari bor. Bugun uy sharoitida granola va undan parfait tayyorlashni ko‘rsatib beraman. Bu retsept bo‘yicha tayyorlangan granola sog‘lomligi va kaloriyasi ozligi bilan supermarketlardagi granolalardan farq qiladi. Sog‘lom va oson retsept.
Granola uchun sulining har qanday turi bo‘laveradi. Odatda katta-katta suli turi ishlatiladi (chiroyliroq ko‘rinishi uchun). O‘zbekistonda odatda sulining shu turi ko‘proq uchraydi. Men ba’zan sulining mayda turidan, ba’zan esa katta turdan ishlataman.
Idishda suli va hamma yong‘oqlarni aralashtirib oling. Kokos maydasi, mayiz va klyukvani solmang. Ularni keyinroq solasiz.
Endi sulining ustiga yog‘ va asalni quying va aralashtiring. Agar u shirinroq bo‘lishini xohlasangiz ko‘proq asal soling, aksincha xohlasangiz esa ozroq asal soling. Men 3 osh qoshiq asal soldim, chunki men granolaning shirinligi quruq mevalardan kelishini xohladim. Quruq mevalardagi shakar tabiiy bo‘lib, inson organizmi uchun foydali. Xullas qancha asal solish odamning ta’bi va xohishiga bog‘liq.
Buning uchun sulili aralashmani listga yoyib oling. Keyin uni 150⁰C da qizib turgan duxovkada 25 minut qotirib oling.
Bu vaqt o‘tgach granolani duxovkadan oling va ustiga mayiz, kokos maydasi va klyukva qurug‘ini soling. Bir aralashtirib yana uni 15 minut duxovkaga soling. Granola hammasi bo‘lib 40 minut duxovkada quritiladi.
40 minut o‘tgach granolani duxovkadan oling va soviting. U issiqligida yumshoqroq bo‘ladi va sovigach qotadi.
Granola to‘la sovigach uni havo o‘tmaydigan idishda saqlang. U 2-3 oy saqlanadi. Granolani sut bilan yoki yogurt bilan nonushta uchun dasturxonga torting.
Idishga grek yogurtidan soling. Ustiga 2-3 osh qoshiq granola seping.
Mayda mevalardan soling. Xuddi shu qavatlarni yana qaytaring. Shirali bolishini xohlasangiz, tepasiga ozgina asal qo‘shing.
Parfait tayyor. Uni nonushta uchun dasturxonga torting. Agar parfait usti yopiladigan idishga tayyorlansa, uni bemalol olib ketish mumkin. Bu shoshilganda juda qo‘l keladigan nonushta.
Granola uchun har xil yong‘oq va quruq mevalardan foydalanish mumkin. Faqat quruq mevalarni oxirgi 15 minutda qo‘shish kerak. Bo‘lmasa ular uyib ketishi mumkin.
Parfait uchun grek yogurti yo‘q bo‘lsa smetana va qatiqni aralashtirib foydalanish mumkin.
Blogda sulidan tayyorlangan sog‘lom nonushtalarning boshqa retseptlarini ham topasiz. Masalan, ovsyankali pechen’ye, sog‘lom pankeyklar va suli kekslari.
Veb sahifa: www.juvajon.com
Medovik tortining retseptlari juda ko‘p. Hammasi o‘ziga yarasha mazali va… Qolganini o'qish
Qizil barxat torti AQSHning Mariland shtatida XX asrning boshlarida paydo… Qolganini o'qish
Bolonya spagettisi Italiyaning shimolida joylashgan Bolonya shahrida birinchi marta tayyorlangan… Qolganini o'qish
Afg‘oncha napoleon torti O‘zbekistonda keng tarqalgan tortlardan biri. Uning mazasi… Qolganini o'qish
Frittata juda mazali, hamda oqsil va vitaminlarga boy. Nonushta yoki… Qolganini o'qish
Oshqovoqli karri yana bir ajoyib hind taomidir. Bu sog‘lom va… Qolganini o'qish