Sog'lom taomlar

Grilda tovuq go’shti tayyorlash – sog’lom usulda

Bu usulda pishirilgan tovuq go‘shti tezda pishadi, kaloriyasi oz, mazasi esa shirin bo‘ladi. Sog‘lom usulda pishirilgan tovuq go‘shti salatlar va sendvichlar uchun juda mos tushadi.

Kerakli mahsulotlar:

  • 600 gr lahm tovuq go‘shti (men ko‘krak qismidan foydalandim)
  • 2 osh qoshiq limon sharbati
  • 2 osh qoshiq zaytun yog‘i
  • 1 choy qoshiq paprika
  • 1 choy qoshiq oregano (agar bo‘lsa)
  • 2 dona chesnok tishi
  • Tuz va murch

Tovuq go’shtini tayyorlash

Bitta idishda maydalangan chesnok va qolgan hamma narsani aralashtirib oling.

Endi bularni tovuq go‘shtining ustiga yaxshilab surkang va 1 soat xona haroratida yoki uzoqroq xolodilnikda qoldiring.

Tovuq go’shtini pishirish

Bu go‘shtni duxovkada, tovada yoki grilda pishirsa bo‘ladi. Yog‘ ishlatilmaydi. Men tashqarida grilda pishirdim. Tovuq go‘shti 8-10 minutda tayyor bo‘ladi. Vaqti-vaqti bilan to‘ntarib turing.

Go‘sht tayyor bo‘lgach uni 5 minut tindirib dasturxonga torting. Men bugun bu go‘shtining bir qismini sezar salati bilan dasturxonga tortdim qolgan qismini esa sovitib xolodilnikka solib qo‘ydim. Keyinroq ishlatish uchun.

E’tibor qiling:

Tovuq go‘shtini tuzlama qilingandan so‘ng xolodilnikda 2 kungacha saqlash mumkin, lekin pishirishdan oldin albatta xona haroratiga olib kelish kerak. Bo‘lmasa pishganda go‘sht qattiq bo‘lib qoladi.

Yana go‘shtni uzoq pishirib yubormang, bo‘lmasa quruq bo‘lib qoladi.

Yoqimli ishtaha!!!

Blogda boshqa sog’lom usulda pishirilgan tovuq go’shtining retseptlarini ham topasiz.

Telegram kanalimizga ulaning

Veb sahifa: www.juvajon.com

Eng so'nggi retseptlar

Medovik torti (Klassik turi)

Medovik tortining retseptlari juda ko‘p. Hammasi o‘ziga yarasha mazali va… Qolganini o'qish

Qizil Barxat torti (Red velvet cake)

Qizil barxat torti AQSHning Mariland shtatida XX asrning boshlarida paydo… Qolganini o'qish

Bolonya spagettisi – Spaghetti bolognese

Bolonya spagettisi Italiyaning shimolida joylashgan Bolonya shahrida birinchi marta tayyorlangan… Qolganini o'qish

Afg‘oncha napoleon torti

Afg‘oncha napoleon torti O‘zbekistonda keng tarqalgan tortlardan biri. Uning mazasi… Qolganini o'qish

Frittata – yoki Italiyancha omlet

Frittata juda mazali, hamda oqsil va vitaminlarga boy. Nonushta yoki… Qolganini o'qish

Oshqovoqli karri- go’shtsiz sog’lom taom

Oshqovoqli karri yana bir ajoyib hind taomidir. Bu sog‘lom va… Qolganini o'qish