Kiish fransuzcha taomdir. Lekin u Angliya va Italiyada XIII asrlardan beri tayyorlanadi. Kiishning turlari ko‘p, hamma turida tuxum va pishloq ochiq pirog ustiga pishiriladi. Bugun vegetarian turdagi kiishe bilan tanishtiraman. Kiish mazali taom bo‘lib uni issiq yoki xona haroratida iste’mol qilish mumkin.
Xamir uchun hamma mahsulotlar muzdek bo‘lishi kerak. Idishda un va tuzni aralashtirib oling. Ustiga sariyog‘ni soling va ‘pesok’lab oling.
Keyin muz qo‘shilgan suvdan oz-ozdan quyib, un bir-biriga yopishguncha xamir qoring. Endi xamirni o‘rab kamida yarim soatga xolodilnikka olib qo‘ying.
Buning uchun maydalangan piyozni zaytun yog‘ida qo‘g‘irib oling. Keyin uning ustiga aspargusning ildiz tomonini to‘rg‘ab soling (uchini butun olib qo‘ying).
Pishloqni qirg‘ichdan chiqarib oling. Tuxum, tuz, murch va qaymoqni aralashtirib oling. Pomidorlarni ham ikkiga bo‘lib oling.
Tinib chiqqan xamirni yoyib oling. Xamirni qolipdan 5-6 sm kattaroq yoying.
Endi yoyilgan xamirni juva yordamida qolipga joylang. Men qolipni yog‘lamayman. Chunki bu yog‘li xamir va u qolipga yopishmaydi.
Xamirni qolipdan chiqib turgan joylarini kesib yuboring.
Keyin yoyilgan xamirning tubini vilka bilan teshib oling. Endi buni xolodilnikka 20 minut atrofiga solib qo‘ying (xamir yana muzdek bo‘lishi uchun).
Endi xamirning ustiga folga qog‘ozidan qo‘ying. Qog‘ozning ustiga og‘irroq narsa soling. Masalan, loviya, no‘xat yoki guruch. Kiishni 180⁰C da qizib turgan duxovkada 20 minut pishiring.
Keyin loviya va folga qog‘ozini olib tashlab kiishni yana 10 minut pishirishda davom eting. Kiishning xamiri tayyor.
Pishgan kiish xamiri ustiga pishloqning yarmini seping. Ustidan piyoz va aspargus aralashmasini soling.
Keyin kesilgan pomidor va aspargusning uchini terib chiqing. Endi tuxum va qaymoqli aralashmani quying.
Tepasiga pishloqning qolgan qismini seping. Kiishni 180⁰C da qizib turgan duxovkada 20-25 minut davomida pishiring. Pishib chiqqan kiishni 15-20 minut davomida tindirib dasturxonga torting. Odatda kiish yangiligida yeyiladi, lekin u keyingi kuni ham mazali bo‘ladi.
Kiish uchun xamirga ko‘p ishlov berib yubormang. Bo‘lmasa u qattiq bo‘lib qoladi (uqalanadigan bo‘lmaydi).
Kiishni tubi olinadigan qolipda pishirish osonroq. Lekin shisha yoki keramika qolipda ham pishirish mumkin.
Kiishga tayyor pishgan go‘sht mahsulotlari ham solish mumkin. Masalan, tovuq go‘shti, har xil kolbasa turlari.
Kiishning xamirini bir kun oldin pishirib qo‘yish mumkin.
Blogda qobiqsiz kiishning retsepini ham topasiz. Yana boshqa
Veb sahifa: www.juvajon.com
Medovik tortining retseptlari juda ko‘p. Hammasi o‘ziga yarasha mazali va… Qolganini o'qish
Qizil barxat torti AQSHning Mariland shtatida XX asrning boshlarida paydo… Qolganini o'qish
Bolonya spagettisi Italiyaning shimolida joylashgan Bolonya shahrida birinchi marta tayyorlangan… Qolganini o'qish
Afg‘oncha napoleon torti O‘zbekistonda keng tarqalgan tortlardan biri. Uning mazasi… Qolganini o'qish
Frittata juda mazali, hamda oqsil va vitaminlarga boy. Nonushta yoki… Qolganini o'qish
Oshqovoqli karri yana bir ajoyib hind taomidir. Bu sog‘lom va… Qolganini o'qish