You are currently viewing Duxovkada kartoshka (roasted)

Duxovkada kartoshka (roasted)

Usti qarsilloq (хрустящий) va ichi qordek yumshoq, eng muximi kaloriyasi oz, har safar juda chiroyli chiqadigan duxovkada kartoshka pishirish usuli. Bunday usulda pishgan kartoshkada yog‘ oz bo‘lganligi sababli, parxezdegilar ham bemalol yeyishi mumkin.

Kerakli maxsulotlar: (5-6 porstsiya uchun)

  • 1 kg kartoshka
  • 2 ta chesnok tishi
  • 3 osh qoshiq zaytun (olive) yoki o‘simlik yog‘i
  • Ta’bga ko‘ra tuz va murch

Kartoshkalarning po‘chog‘ini arching. Endi katta idishga 2-3 litr sovuq suv quying. Bir choy qoshiq tuz soling va kartoshkalarni qaynatgani qo‘ying.

Duxovkada kartoshka tayyorlaymiz

Kartoshka qaynab chiqqach, yana o‘rta olovda 4-5 minut qaynatishda davom eting. Endi olovni o‘chirib, kartoshkaning suvini darxol to‘kib yuboring.

Endi kartoshka bor idishning qopqog‘ini zich yopib, uni bir ikki silking. Kartoshkaning chekkasi sal g‘adir-budir bolishi uchun.

Ustini yopamiz

Endi listni yoglab, kartoshkalarni uning ustiga terib chiqing. O‘rtasidan bo‘lingan chesnok tishlarini, bir osh qoshiq zaytun yog’i, tuz va murchni sepib 200C°da qizib turgan duxovkada 25-30 minut atrofida (tilla rang bo‘lguncha) pishiring. Men kattaroq maydalangan dengiz tuzidan sepdim, lekin oddiy osh tuzi ham yaxshi bo‘ladi.

Duxovkada kartoshka ustini yog' bilan ishlaymiz
Duxovkada kartoshka tayyor

Tayyor kartoshkalarni issiqligida pishgan go‘shtning yoniga garnir sifatida dasturxonga torting.

E’tibor qiling:

Kartoshkani albatta oldin sovuq suvda qaynatib oling, shunda duxovkada kartoshka tezroq pishadi va qatib ketmaydi.

Lekin qaynatayotganda uzoq qaynatmang, bo‘lmasa pishib qoladi.

Yoqimli ishtaha

Yoqimli ishtaha!!!

Blogdagi boshqa garnirlar retseptlari bilan ham albatta tanishing. Masalan, Kartoshka fri yana bir ajoyib garnir.

Telegram kanalimizga ulaning