Kurka qushi (индейка) Shimoliy Amerikada qadimdan yashab kelgan qushdir. Shuning uchun kurka go‘shtini Shimoliy Amerikada ko‘p iste’mol qilinadi. Hozirda kurka Yevropada ayniqsa Buyuk Britaniyada ham ko‘p uchraydi. Kurkani “thanksgiving” va Rojdestvo bayram dasturxoniga ham tayyorlashadi. Kurkani go‘shtida oqsil miqdori juda baland, yog‘ miqdori esa oz. Shuning uchun uni sport bilan shug‘ullanadiganlar va parhezdagilar ham ko‘p iste’mol qiladi. Marhamat retsept bilan tanishing.
Buning uchun yumshoq sariyoqqa bitta limonning zestini qo‘shing. Keyin limon sharbati, ezilgan 4 dona chesnok tishi, maydalangan petrushka, tuz, murch va 2 osh qoshiq zaytun yog‘ini qo‘shing. Hammasini aralashtiring.
Kurka xona haroratida bo‘lishi kerak. Kurkani yaxshilab qog‘oz sochiq bilan artib, quritib oling. Keyin uning kavagiga tuz va murch seping.
Kavakka piyozlar, lavr bargi, selder, butun chesnok va bitta limonni (o‘rtasidan bo‘lingan) joylang. Sabzavotlarga joylashdan oldin tuz va murch seping.
Endi kurkaning ko‘krak va qorin tomonidan teri va muskul orasida cho‘ntak hosil qiling. Bu jarayonni qo‘l yoki qoshiq bilan qilish mumkin.
Bu cho‘ntakka sariyog‘li aralashmani joylab oling. Odatda sariyog‘li aralashmani dumaloqlab joylash osonroq, keyin terining ustidan ezib tekislab olish mumkin.
Kurkaning ustiga tuz va murch seping. Zaytun yog‘ining qolgan qismini kurkaga surkab oling. Bu kurakning usti kuyib ketishini oldini oladi.
Kurkani folga qog‘ozi bilan bir qator o‘rab, 180⁰Cda qizib turgan duxovkaga soling. Odatda kurkani 90 minut va har bir kilosiga yana qo‘shimcha 20 minut davomida pishiriladi. Masalan, 5kgli kurka 3 soat davomida pishadi. 90 minut + 20 minut har bir kilogrami uchun.
Kurkaning pishishiga yarim soat qolganda qog‘ozni uning ustidan olib tashlang va o‘zidan chiqqan suvidan (listdagi) 3-4 qoshiq kurkaning ustga quying. Kurkani yana qayta duxovkaga soling. Orada 1-2 marta suvidan yan ustiga quying.
Vaqt o‘tgach kurka pishadi. Men kurkani 3 soat davomida pishirdim. Pishib chiqqan kurkani kesishdan oldin xona haroratida kamida bir soat qoldiring. Bu orada go‘sht dam oladi va kesilgan hamma suvi chiqib ketmaydi.
Endi iliq holatdagi kurka go‘shtini kesib dasturxonga torting. Yoniga duxovkada pishgan kartoshka, sabzi va yorkshire pudding ham tayyorlash mumkin.
Kurkani kesishdan oldin albatta kamida bir soat dam oldirish kerak.
Kurkaning ko‘krak va qorin qismida yog‘ deyarli yog‘ bo‘ladi. Shuning uchun unga sariyog‘ surkaladi. Shunday qilinsa kurka pishayotganda qurib qolmaydi.
Kurkaning kavagiga 1-2 dona butun sabzi ham joylash mumkin.
Blogda tovuq, qo‘y va mol go‘shtlarini butun holatda pishirish usullarini topasiz.
Veb sahifa: www.juvajon.com
Medovik tortining retseptlari juda ko‘p. Hammasi o‘ziga yarasha mazali va… Qolganini o'qish
Qizil barxat torti AQSHning Mariland shtatida XX asrning boshlarida paydo… Qolganini o'qish
Bolonya spagettisi Italiyaning shimolida joylashgan Bolonya shahrida birinchi marta tayyorlangan… Qolganini o'qish
Afg‘oncha napoleon torti O‘zbekistonda keng tarqalgan tortlardan biri. Uning mazasi… Qolganini o'qish
Frittata juda mazali, hamda oqsil va vitaminlarga boy. Nonushta yoki… Qolganini o'qish
Oshqovoqli karri yana bir ajoyib hind taomidir. Bu sog‘lom va… Qolganini o'qish