Pavlova zefirdan tayyorlanadigan mashhur dessertdir. Bu mayin dessert ajoyib rus balerinasi Anna Pavlovaning sharafiga nomlangan. Aytishlaricha bu dessert 1920 yilda Anna Pavlovaning Avstraliya va Yangi Zelandiyaga qilgan gastroli paytida yaratilgan. Pavlova Avstraliya va Yangi Zelandiyada milliy dessert hisoblandi va u yangi yil bayramlari atrofida juda ko‘p yeyiladi. Hozirda bu dessertni juda ko‘p joyda topish mumkin. Pavlova tayyorlash uchun faqat bir nechta mahsulot kerak bo‘ladi.
Eng avval listni tayyorlab olamiz. Buning uchun listga fergament qog‘ozidan soling. Unga o‘zing‘iz xohlagan idish bilan doira shaklini chizib oling. Men tarelkadan foydalandim. Endi qog‘ozni ontarib soling (chizilgan tarafi teskari tomonda bo‘lishi uchun).0
Buning uchun tuxum oqi va sarig‘ini ajratib oling.
Endi tuxum oqini mikser yordamida ko‘pirtiring. Tuxum oppoq va qattiq bo‘lib ko‘pirishi kerak.
Buni tekshirish uchun tuxum ko‘pirtirilgan idishni ontarib ko‘rish mumkin.
Endi shakarni 1 osh qoshiqdan solib, tuxumlarni ko‘pirtirishda davom eting.
Beze oppoq yaltrioq rangga kiradi.
Ko‘pirtirilgan tuxumning ustiga kraxmal, vanillin va sirkani qo‘shing. Ehtiyotkorlik bilan aralashtiring.
Bezeni chizilgan doiraning ustiga soling.
Chetlarini tekislab, o‘rtasini qoshiq bilan biroz chuqurroq qiling (rasmga qarang).
Endi uni 140⁰Cda qizib turgan duxovkada 1 soat davomida pishiring. Keyin olovni o‘chirib, zefirni duxovkaning ichida sovitib oling. Zefir to‘la sovigach duxovkadan oling.
Zefir tayyor. Uni darrovda yoki keyinroq pavlova uchun ishlatish mumkin.
Zefirni pavlova dessertiga aylantirish uchun uning ustiga ko‘pirtirilgan qaymoq qo‘yish kerak. Qaymoqni ko‘pirtirishning to‘la retseptini bu yerda topasiz.
Endi dessertning ustiga mevalarni soling.
Pavlova tayyor. Uni darrovda dasturxonga torting.
Pavlovani mayda (bitta odam uchun) qilib ham tayyorlash mumkin. U mini pavlova deyiladi.
Zefir past olovda uzoqroq vaqt davomida pishishi shart. Bo‘lmasa zefir yaxshi qurimay qoladi.
Pavlova uchun zefirni 8-10 soat oldin tayyorlab qo‘yish mumkin. Lekin kremini dasturxonga tortishdan oldin surkash kerak.
Blogda yana boshqa ajoyib desertlarning retseptini topasiz. Masalan, tres leches yoki sabzili tort.
Veb sahifa: www.juvajon.com
Medovik tortining retseptlari juda ko‘p. Hammasi o‘ziga yarasha mazali va… Qolganini o'qish
Qizil barxat torti AQSHning Mariland shtatida XX asrning boshlarida paydo… Qolganini o'qish
Bolonya spagettisi Italiyaning shimolida joylashgan Bolonya shahrida birinchi marta tayyorlangan… Qolganini o'qish
Afg‘oncha napoleon torti O‘zbekistonda keng tarqalgan tortlardan biri. Uning mazasi… Qolganini o'qish
Frittata juda mazali, hamda oqsil va vitaminlarga boy. Nonushta yoki… Qolganini o'qish
Oshqovoqli karri yana bir ajoyib hind taomidir. Bu sog‘lom va… Qolganini o'qish