Qizil barxat torti AQSHning Mariland shtatida XX asrning boshlarida paydo bo’lgan. Qizil barxat torining asl retseptida rang ishlatilmagan, hozirgi zamonaviy retseptiga biroz qizil rang qo‘shiladi. Quyida sizlarni qizil barxat tortining oson va ishonchli retsepti bilan tanishtiraman.
Un, kakao, tuz, razrixlitel va ichimlik sodasini bitta idishga elakdan o’tkazib oling.
Boshqa idishda ‘buttermilk’ka qizil rangni qo‘shib oling. Endi ularning ustiga o‘simlik yog‘ini quying.
Uchinchi idishda sariyog‘ning ustiga shakarni soling. Sariyog‘ xona haroratida bo‘lishi kerak. Ikkalasini mikser yordamida aralashtirib oling. Keyin ularning ustiga tuxumlarni bitta- bitta qo‘shib aralashtirishda davom eting.
Oxirida quruq mahsulotlar, suyuq mahsulotlar va sariyog‘li aralashmani bitta idishda aralashtirib oling. Shu yerda yana xohishga qarab ozgina qizil rang qo‘shish mumkin.
Endi bu xamirni yog‘langan va un sepilgan qoliplarga quying. Men uchta, bir xil hajmdagi qolipga teng quydim. Lekin bu miqdordagi xamirni ikkita qolipda ham pishirish mumkin.
Qizil barxat tortini 180⁰Cda qizib turgan duxovkada 25 minut davomida pishiring.
Pishib chiqqan biskvitni qolipda 5 minut atrofida qoldiring. Keyin chetlarni shpatula yoki pichoq bilan qolip devoridan bo‘shatib oling. Keyin biskvitni ontaring. Qoliplarga un sepilganligi uchun, biskvitlar qolipdan oson chiqishi kerak. Biskvitlarni to‘la sovitib oling.
Xona haroratidagi sariyog‘ni mikser bilan bir-ikki aralashtirib oling.
Keyin unga xona haroratidagi kremchizni qo‘shing, ikkalasini mikser bilan yengil aralashtiring.
Keyin ularning ustiga shakar kukunini elakdan o‘tkazib qo‘shing. Avval qoshiq bilan aralashtiring, bo‘lmasa shakar kukuni hamma joyga sochilib ketadi. Endi vanillin va tuzni qo‘shib hammasini mikser bilan ko‘pirtirib oling. Krem oppoq ko‘rinishda bo‘ladi.
Endi biskvitni bittasini oling va krem surkang. Men biskvitni idishga qo‘yishdan oldin idishga kremdan ozgina tekizib olaman, biskvit idishda qimirlamay turushi uchun.
Biskvitlarni hammasini shu usulda ustma-ust terib chiqing. Kremdan tortning yonboshlariga ham surkang.
Tortning ustini xohishga qarab bezating. Men tortni ustiga biskvitdan chiqqan mayda ushoqlardan sepib qo‘ydim. Yonboshlariga esa, mayda qandolat mahsulotlaridan sepdim. Tortni yarim soat yoki uzoqroq sovuq joyda qoldiring, krem qotishi uchun.
Endi qizil barxat tortini dasturxonga tortish mumkin.
Uy sharoitda ‘buttermilk’ tayyorlash, sutning ustiga 1 osh qoshiq limon sharbati yoki sirka qo‘shing. Keyin uni 10 minut atrofida qoldiring. ‘Buttermilk’ tayyor, uni tort, kekslar va pankeyk uchun ishlatish mumkin. ‘Buttermilk’ tort xamirni yanada mayin bo‘lishiga yordam beradi.
Blogda yana boshqa mazali tortlarning retseptini ham topasiz, masalan, bayramona shokoladli tort, qirolicha viktoriya torti, sabzili tort yoki uch sut torti.
Veb sahifa: www.juvajon.com
Medovik tortining retseptlari juda ko‘p. Hammasi o‘ziga yarasha mazali va… Qolganini o'qish
Bolonya spagettisi Italiyaning shimolida joylashgan Bolonya shahrida birinchi marta tayyorlangan… Qolganini o'qish
Afg‘oncha napoleon torti O‘zbekistonda keng tarqalgan tortlardan biri. Uning mazasi… Qolganini o'qish
Frittata juda mazali, hamda oqsil va vitaminlarga boy. Nonushta yoki… Qolganini o'qish
Oshqovoqli karri yana bir ajoyib hind taomidir. Bu sog‘lom va… Qolganini o'qish
Nachinkali bulochka turlari juda ko‘p. Ularni bolalar va kattalar birdek… Qolganini o'qish