Sog'lom taomlar

Tez mousakka – baqlajonli sog‘lom taom

Tez mousakka tezda tayyor bo‘ladigan, juda mazali, sog‘lom Grek taomidir. U ta’mga juda boy taom. Tez mousakka yoz oylari uchun juda mos tushadi va har qanday dasturxonning ko‘rki bo‘ladi.

Kerakli mahsulotlar (4-5 portsiya uchun):

  • 500 gr qo‘y go‘shti qiymasi
  • 2 dona piyoz
  • 200 gr feta pishlog‘i
  • 2 dona baqlajon
  • 1 osh qoshiq tomat
  • 2 dona pomidor
  • 1 osh qoshiq zaytun yog‘i
  • Yarim choy qoshiq dolchin maydasi
  • Ozgina yalpiz (2 osh qoshiq atrofida)
  • 2 dona chesnok tishi
  • Tuz va murch

Avval yuvilgan baqlajonlarni rasmdagidek qilib kesib oling. Keyin ularning ustiga ozgina zaytun yog‘i va tuz sepib duxovkada qizartirib oling. Men duxovkaning broil sistemasidan foydalandim. Baqlajonlarni issiq chog‘da ha qizartirib olish mumkin.

Ungacha tovaga 1 osh qoshiq zaytun yog‘ini quying. Ustiga qiymani solib, u qizargunicha qo‘g‘iring.

Keyin mayda to‘rg‘algan piyoz ba chesnok tishini soling. Ularni ham biroz qo‘g‘irgach tomat, murch va tuzni qo‘shing.

Keyin mayda to‘rg‘algan pomidorni qo‘shing. Hammasini biroz qo‘g‘iring. Keyin dolchini ham tez mousakkaning ustiga qo‘shing. 200 ml atrofida qayngan suv quying. Tovaning ustini yopmasdan, 10 minut atrofida taomni pishiring.

Bu orada baqlajon ham tayyor bo‘ladi. Endi uni ham mayda to‘rg‘ab, tovaga qo‘shing. Mayda to‘rg‘algan yalpizni ham soling.

Tez mousakka tayyor. Olovni o‘chiring va maydalangan feta pishlog‘ini taomning ustiga seping.

Tez mousakka issiqligida dasturxonga torting. Odatda un pita noni bilan yeyiladi. Ta’bga qarab ustiga kashnich sepish mumkin.

Blogda pita nonning retseptini ham topasiz.

Yana blogda klassik mousakkaning retsepti ham bor. Boshqa baqlajonli taomlarning retseptini esa man bu linkda topish mumkin.

E’tibor qiling:

Bu taom uchun quritilgan yalpizdan ham foydalanish mumkin.

Baqlajonlarni duxovkada emas balki tovada ham qizartirib olish mumkin.

Yoqimli ishtaha!!!

Telegram kanalimizga ulaning

Veb sahifa: www.juvajon.com

Eng so'nggi retseptlar

Medovik torti (Klassik turi)

Medovik tortining retseptlari juda ko‘p. Hammasi o‘ziga yarasha mazali va… Qolganini o'qish

Qizil Barxat torti (Red velvet cake)

Qizil barxat torti AQSHning Mariland shtatida XX asrning boshlarida paydo… Qolganini o'qish

Bolonya spagettisi – Spaghetti bolognese

Bolonya spagettisi Italiyaning shimolida joylashgan Bolonya shahrida birinchi marta tayyorlangan… Qolganini o'qish

Afg‘oncha napoleon torti

Afg‘oncha napoleon torti O‘zbekistonda keng tarqalgan tortlardan biri. Uning mazasi… Qolganini o'qish

Frittata – yoki Italiyancha omlet

Frittata juda mazali, hamda oqsil va vitaminlarga boy. Nonushta yoki… Qolganini o'qish

Oshqovoqli karri- go’shtsiz sog’lom taom

Oshqovoqli karri yana bir ajoyib hind taomidir. Bu sog‘lom va… Qolganini o'qish