Qirolicha Viktoriya torti xamirturush solinmasdan qilingan birinchi tort hisoblanadi. Ungacha hamma tortlarning xamiriga xamirturush solingan. Yana bu tort Britaniya Imperiyasining XIX asrdagi qirolichasi Viktoriyaning eng yaxshi ko‘rgan shirinligi bo‘lgan. Shuning uchun ham tortga shu nom berilgan. Bu tort Britaniyada eng keng tarqalgan tortdir. Uning retsepti asrlar davomida ham o‘zgarmagan. Eslab qolishga eng oson retsept.
Xamiriga:
Kremi uchun:
Xamir uchun kerakli hamma mahsulotlar xona haroratida bo‘lishi kerak.
Idishda margarin, tuxumlar va shakarni mikser yoki qo‘l venchikda ko‘pirtirib oling.
Bitta idishda elangan un, tuz va razrixlitelni aralashtiring. Uni ham margarinli aralashmaga qo‘shing. Endi hammasini qoshiq bilan aralashtiring.
Endi buni ikkita bir xil 17.5 smli yog‘langan va fergament qog‘oz solingan qolipga teng miqdorda quying.
Buni endi 180°Cda 25 minut davomida pishiring.
Pishib chiqqan tortni biroz sovitib, qolipdan chiqaring va to‘la sovitishga qo‘ying.
Krem tayyorlash:
Muzdek qaymoq, vanilin va shakar kukunini mikser yordamida ko‘pirtirib oling.
Qaymoqning yuzasida iz qolishi bilan mikserni o‘chiring.
Endi tortning birinchi qavatiga jem surkang. Keyin kremning hammasini surkang.
Ikkinchi tort qavatining pastki tarafiga ham jem surkang va krem surkalgan qavatning ustiga qo‘ying.
Tortning tepasiga ozgina shakar kukunidan seping.
Odatda Viktoriya tortining tepasi bezatilmaydi. Lekin xohishga qarab ustiga mevalar qo‘yish mumkin. Tort tayyor. Uni dasturxonga torting.
E’tibor qiling:
Viktoriya tortining xamirini un solingach ko‘p aralashtirib yubormang, bo‘lmasa tort zich bo‘lib qoladi.
Tortga yana sariyog‘li krem ham tayyorlash mumkin. Buning uchun 100 gr yumshoq sariyog‘ (сливочное масло) , 200 gr shakar kukuni va 2 osh qoshiq sutni mikser bilan ko‘pirtirib oling.
Men qaymoqni ko‘pirtirishdan oldin mikserning venchigi va idishni muzlatgichga solib qo‘yaman.
Yoqimli ishtaha!!!
Buyuk Britaniyada keng tarqalgan yana bir tort bu Sabzili tortdir – retsepti mana bu yerda. Boshqa dessertlar retseptlarini ham mana bu yerda ko‘ring.
Veb sahifa: www.juvajon.com
Medovik tortining retseptlari juda ko‘p. Hammasi o‘ziga yarasha mazali va… Qolganini o'qish
Qizil barxat torti AQSHning Mariland shtatida XX asrning boshlarida paydo… Qolganini o'qish
Bolonya spagettisi Italiyaning shimolida joylashgan Bolonya shahrida birinchi marta tayyorlangan… Qolganini o'qish
Afg‘oncha napoleon torti O‘zbekistonda keng tarqalgan tortlardan biri. Uning mazasi… Qolganini o'qish
Frittata juda mazali, hamda oqsil va vitaminlarga boy. Nonushta yoki… Qolganini o'qish
Oshqovoqli karri yana bir ajoyib hind taomidir. Bu sog‘lom va… Qolganini o'qish