Kleftiko grek oshxonasining yana bir mashhur taomi bo‘lib u qo‘y go‘shtini uzoq vaqt past olovda pishirish bilan tayyorlanadi. Oldingi paytlarda u chuqurga cho‘g‘ solib pishirilgan. Bugun biz kleftikoni duxovkada pishiramiz.
Idishda (stupa) chesnok, ozgina tuz va rozmarinni e’zib oling.
Keyin ularning ustiga limoning zesti, sharbati, zaytun yog‘i, dolchin, oregano, tuz va murchni qo‘shing.
Endi go‘shtning ustida pichoq bilan kichkina teshiklar qilib chiqing.
Keyin go‘shtning ustiga tuzlamani qo‘l bilan surkang. Ustiga lavr bargini qo‘yib, go‘shtning ustini o‘rab xolodilnikka kamida 6 soatga solib qo‘ying. Men kechasi bilan qoldiraman.
Keyingi kuni go‘shtni xolodilnikdan olib xona haroratiga keltiring.
Listga 2-3 qavat qilib fergament qog‘ozidan soling. Qog‘ozning ustiga archilgan kartoshkani butunligicha qo‘ying. Ozgina tuz va murch seping. Go‘shtning tagiga tushib qolgan tuzlamani kartoshkalarning ustiga quying.
Endi xona haroratidagi go‘shtni kartoshkalarning ustiga qo‘ying va ustini yaxshilab fergament qog‘oz bilan o‘rang.
Eng tepasiga folga qog‘ozidan soling.
Endi go‘shtni 160°C da 5 soat pishiring. 5 soat o‘tgach go‘shtning ustini oching. Buning uchun qaychi ishlating.
Endi duxovkaning gradusini 190°C ga ko‘tarib go‘shtni yarim soat mobaynida qizartirib oling.
Go‘sht qizarib chiqqach, uni duxovkadan oling va boshqa idishga olib, ustini o‘rab turing.
Endi kartoshkalarni duxovkada qizartirib oling. Bu vaqt orasida go‘sht ham tinib turadi.
Kartoshkalar qizargach kleftikoni dasturxonga torting. Kleftiko odatda yalpiz va limonning sharbati qo‘shilgan yogurt bilan dasturxonga tortiladi. Men yoniga brokkoli ham pishirdim.
Ovqatning suvini ehtiyotkorlik bilan cho‘mich yordamida listdan oling va uni ham dasturxonga qo‘ying, Xohlagan odam go‘shtning ustiga quyib oladi. Ortganini esa boshqa taomlar uchun ishlatsa bo‘ladi.
Go‘shtni ochish paytida uni ko‘tarib ochmang, faqat pichoq yoki qaychi bilan qog‘ozni kesing. Bo‘lmasa ovqatning suvi oqib, qo‘lni kuydirishi mumkin.
Yoqimli ishtaha!!!
Blogda qo‘y go‘shtini butun pishirishning inglizcha usulini ham topasiz.
Veb sahifa: www.juvajon.com
Medovik tortining retseptlari juda ko‘p. Hammasi o‘ziga yarasha mazali va… Qolganini o'qish
Qizil barxat torti AQSHning Mariland shtatida XX asrning boshlarida paydo… Qolganini o'qish
Bolonya spagettisi Italiyaning shimolida joylashgan Bolonya shahrida birinchi marta tayyorlangan… Qolganini o'qish
Afg‘oncha napoleon torti O‘zbekistonda keng tarqalgan tortlardan biri. Uning mazasi… Qolganini o'qish
Frittata juda mazali, hamda oqsil va vitaminlarga boy. Nonushta yoki… Qolganini o'qish
Oshqovoqli karri yana bir ajoyib hind taomidir. Bu sog‘lom va… Qolganini o'qish