You are currently viewing Pesto sousi – makaron uchun ajoyib sous

Pesto sousi – makaron uchun ajoyib sous

Pesto sousi Italiyaning eng mashhur souslaridan biridir. U juda mazali bo‘lib, foydali yog‘larga boy. Pesto sousi odatda non yoki makaron (pasta) bilan yeyiladi. Quyida uning retsepti bilan tanishasiz.

Kerakli mahsulotlar (250 ml saus uchun):

  • 1 bosh rayhon
  • 60 gr qarag‘ay yong‘og‘i (Кедровый орех)
  • 50 gr parmazan pishlog‘i
  • 3-4 dona chesnok tishi
  • 150 ml zaytun yog‘i
  • Murch va tuz

Bu sous qadimda chelada qilingan va hozirgacha ko‘p Italiyaliklar uni shu idishda tayyorlaydi. Men ham cheladan foydalandim, lekin pesto sousini blenderda ham tayyorlash mumkin.

Pesto sousi - makaron uchun ajoyib sous tayyorlash

Eng avval qarag‘ay yong‘og‘ini tovada qizdirib oling. Yong‘oqni hidi chiqquncha qizdiring. Keyin sovitib oling.

Pesto sousi - makaron uchun ajoyib sous tayyorlash

Chelaga yong‘oq va murch donalarini ezib oling.

Keyin rayhondan siqqanicha solib, yana davom eting. Rayhonning hammasini shu yo‘l bilan qo‘shing.

Pesto sousi - makaron uchun ajoyib sous tayyorlash

Endi yong‘oqni solib, ishni davom eting.

Pesto sousi - makaron uchun ajoyib sous tayyorlash

Eng oxirida zaytun yog‘ini quying. Hammasini aralashtiring.

Pesto sousi tayyor. Uni pasta yoki non bilan dasturxonga torting.

Pesto sousi - makaron uchun ajoyib sous

E’tibor qiling:

Pesto sousini xolodilnikda ikki haftagacha saqlash mumkin.

Yoqimli ishtaha!!!

Blogda yana boshqa italyancha taomlarning retseptini ham topasiz.

Telegram kanalimizga ulaning

Veb sahifa: www.juvajon.com