Siz hech uyda limonad tayyorlab ko‘rganmisiz? Oldin limonad tayyorlamagan bo‘lsangiz quyidagi retsept bo‘yicha tayyorlab ko‘ring. Uyda tayyorlangan ichimliklar zararli moddalardan holi bo‘ladi. Oson va mazali retsept. Bolalar bilan tayyorlashga oson.
Kerakli mahsulotlar (2 litr limonad uchun):
Sirop tayyorlash
Idishda mevalar, shakar va limonning sharbatini aralashtiring. Ustiga 200 ml suv quying.
Buni olovga qo‘yib 5 minut atrofida qaynating. So‘ng olovni o‘chiring. Idishning ustini yopib to‘la sovitib oling.
Sirop sovigach uni elakdan o‘tkazib oling.
Limonad tayyorlash
Elakdan o‘tkazilgan siropni 2 litr gazli suv bilan aralashtiring. Ustiga muz soling va dasturxonga torting.
E’tibor qiling:
Men har xil rezavor mevalarni aralashtirdim. Lekin limonadni bitta turdagi mevadan tayyorlash ham mumkin. Masalan, malina. Yoki umuman rezavor meva solmasdan ham tayyorlash mumkin. Unda limonadga ko‘proq limon sharbati qo‘shish kerak.
Yoqimli ishtaha!!!
Blogda boshqa mazali yaxna ichimliklarning retseptini ham topasiz. Masalan, sutli kokteyl.
Veb sahifa: www.juvajon.com
Medovik tortining retseptlari juda ko‘p. Hammasi o‘ziga yarasha mazali va… Qolganini o'qish
Qizil barxat torti AQSHning Mariland shtatida XX asrning boshlarida paydo… Qolganini o'qish
Bolonya spagettisi Italiyaning shimolida joylashgan Bolonya shahrida birinchi marta tayyorlangan… Qolganini o'qish
Afg‘oncha napoleon torti O‘zbekistonda keng tarqalgan tortlardan biri. Uning mazasi… Qolganini o'qish
Frittata juda mazali, hamda oqsil va vitaminlarga boy. Nonushta yoki… Qolganini o'qish
Oshqovoqli karri yana bir ajoyib hind taomidir. Bu sog‘lom va… Qolganini o'qish