Dessertlar

Tvorogli pirog – yengil dessertning retsepti

Tvorogli pishiriqlar sobiq sovet ittifoqi mamlakatlarida keng tarqalgan va ularning har xil turlari juda ko‘p. Bu tvorogli pirog ham mazali chiqadi.

Kerakli mahsulotlar (28×28 smli pirog uchun):

Xamiriga:

  • 350 gr un
  • 150 gr margarin yoki sariyog‘
  • 100 gr shakar
  • 1 dona tuxum
  • 4 osh qoshiq muzdek suv
  • 1 choy qoshiq razrixlitel yoki choy sodasi (uksus bilan eritib)
  • Ozgina tuz
  • 1 ta limonning zesti (po‘chog‘i)
  • 2 osh qoshiq shakar kukuni (xohishga qarab)

Ichiga solish uchun:

  • 300 gr tvorog
  • 2 dona tuxum
  • 100 gr shakar
  • 1.5 osh qoshiq mannaya krupa
  • 1 ta limonning zesti

Xohishga qarab 300 gr rezavor mevalar (ягоды).

Tvorogli pirog xamirni tayyorlash

Buning uchun un, shakar, margarin, razrixlitel va tuzni idishda aralashtirib olamiz.

Tuxumni muzdek suv bilan aralashtiramiz (men suvga muz solib qo‘yaman). Keyin tuxumli aralashmani unli aralashmaga solib xamir qoramiz. Xamir yumshoq lekin qo‘lga yopishmaydigan bo‘ladi. Xamirga ko‘p ishlov bermang.

Endi xamirni ikkiga bo‘lamiz, bitta qismi ozgina kattaroq bo‘lsin. Ularni o‘rab muzlatgichga 1 soat yoki uzoqroqqa solib qo‘yamiz.

Ichiga solish uchun tvorog, tuxumlar, shakar, mannaya krupa va limonning zestini aralashtirib olamiz. Men blender bilan aralashtirdim, bir xil massa bo‘lishi uchun, lekin bu shart emas.

Tvorogli pirogni pishirishga tayyorlash

Xamirning kattarog‘ini muzlatgichdan olamiz va 28×28 smli fergament qog‘ozi solingan qolipga qirg‘ichdan chiqarib olamiz.

Uning ustiga tvorogli aralashmani quyamiz.

Keyin mevalarga 1osh qoshiq un aralashtirib, ularni tvorogning ustiga solamiz.

Eng tepasiga esa ikkinchi xamirni qirg‘ichdan o‘tkazamiz.

Tvorogli pirogni 185°C qizib turgan duxovkada 35-40 minut pishiramiz. Pirogning usti och tilla rang bo‘lishi kerak.

Tvorogli pirogni sal sovitib qolipdan chiqaramiz va to‘la sovitishga qo‘yamiz.

Pirog to‘la sovigach ta’bga qarab shakar kukuni sepamiz. Tayyor tvorogli pirogni kesib dasturxonga tortamiz.

E’tibor qiling:

Tvorogli pirogga qulupnay, malina, danagi olingan gilos yoki chernika solish mumkin. Agar muzlatilgan mevalar ishlatilsa ularni muzdan tushirish shart emas. Yana mayiz ham solish mumkin yoki umuman mevalarsiz ham tayyorlash mumkin.

Qolipning ichiga fergament qog‘ozi solinsa, pirogni qolipdan chiqarish oson bo‘ladi.

Limonning zestini limon butunligida po‘chog‘ini qirg‘ichdan o‘tkazib chiqariladi.

Yoqimli ishtaha!!!

Blogdagi boshqa dessertlat retseptlarini ham albatta ko’zdan kechiring, masalan qulupnayli keks.

Telegram kanalimizga ulaning

Veb sahifa: www.juvajon.com

Eng so'nggi retseptlar

Medovik torti (Klassik turi)

Medovik tortining retseptlari juda ko‘p. Hammasi o‘ziga yarasha mazali va… Qolganini o'qish

Qizil Barxat torti (Red velvet cake)

Qizil barxat torti AQSHning Mariland shtatida XX asrning boshlarida paydo… Qolganini o'qish

Bolonya spagettisi – Spaghetti bolognese

Bolonya spagettisi Italiyaning shimolida joylashgan Bolonya shahrida birinchi marta tayyorlangan… Qolganini o'qish

Afg‘oncha napoleon torti

Afg‘oncha napoleon torti O‘zbekistonda keng tarqalgan tortlardan biri. Uning mazasi… Qolganini o'qish

Frittata – yoki Italiyancha omlet

Frittata juda mazali, hamda oqsil va vitaminlarga boy. Nonushta yoki… Qolganini o'qish

Oshqovoqli karri- go’shtsiz sog’lom taom

Oshqovoqli karri yana bir ajoyib hind taomidir. Bu sog‘lom va… Qolganini o'qish