Kurniki odatda Rus oshxonasida tayyorlandi. Hozirda uni O‘rta Osiyo mamlakatlarida ham ko‘p uchratish mumkin. Kurniki tayyorlash unchalik ko‘p mahorat talab etmaydi, lekin mazasi shirin bo‘ladi. Marhamat men ularni qanday tayyorlashim bilan tanishing.
Kerakli mahsulotlar (22 dona uchun):
Xamiriga:
- 250 gr sariyog‘ yoki margarin
- 200 ml smetana
- 1 dona tuxum
- 400 gr atrofida un
- 1 choy qoshiq tuz
- 1 choy qoshiq razrixlitel
Qiymasiga:
- 2 dona kartoshka
- 600 gr suyaksiz tovuq go‘shti (men son qismidan foydalandim)
- 2-3 dona piyoz
- 2 dona pomidor
- Ziravorlar: qora murch, kashnich urug‘i, zira, bulg‘or qalampir maydasi va tuz
Ustiga surkash uchun
- 1 dona tuxum
- Ozgina kunjut
Kurniki uchun xamir qorish
Buning uchun un, tuz va razrixlitelni aralashtirib oling. Keyin ustiga sovuq sariyog‘ni qirg‘ich yoki maxsus moslama bilan aralashtirib ‘pesok’ qilib oling.

Alohida idishda smetana va tuxumni aralashtiramiz. Endi uni unning ustiga qo‘shib yumshoq xamir qoramiz. Kerak bo‘lsa ozgina un soling. Lekin bu xamir yumshoq bo‘lishi kerak. Endi xamirni o‘rab xolodilnikka 30-60 minutga solib qo‘ying. Ungacha qiymani tayyorlab turing.

Kurniki uchun qiyma tayyorlash
Buning uchun go‘sht, pomidor, archilgan piyoz va kartoshkani bir xil kattalikda, mayda qilib to‘rg‘ab oling.


Ularning ustiga ziravorlar va tuz qo‘shing. Hammasini aralashtirib, bir chetga surib turing.
Kurniki tugish va pishirish
Tindirilgan xamirni oling va uni 22 bo‘lakka bo‘lib oling. Keyin ularni dumaloqlab chiqing.

Endi bitta zuvalachani olib, doira shaklida 15 sm atrofida yoyib oling. Men bo‘laklarni hammasini birdaniga yoyib olaman.

Endi xamirlarning ustiga quymani teng bo‘lib soling.

Kurniki odatda dumaloq qilib tugiladi va o‘rtasi ochiq qoladi (xuddi belyashi tugilgandek). Tugilgan kurnikini listga terib oling. Listga qog‘oz solish shart emas. Lekin men solaman.

Kurnikining ustiga tuxum surkang va ta’bga qarab kunjut yoki sedana urug‘idan seping.
Ularni 210-220⁰Cda qizib turgan duxovkada 35-40 minut atrofida yoki usti qizarguncha pishiring.

Tayyor kurnikini issiqligida dasturxonga torting.
E’tibor qiling:
Kurniki xona haroratida ham mazali bo‘ladi.
Kurnikining xamiriga ortiqcha ishlov berib yubormang, bo‘lmas ular qattiq bo‘lib qoladi.

Yoqimli ishtaha!!!
Blogda go‘shtli pirog va belyashining retseptini ham topasiz.
Veb sahifa: www.juvajon.com