“Roast lamb”, ya’ni qo‘zichoq go‘shti, inglizlarning an’anaviy yakshanba kuni tushlikka yeyiladigan ovqati. Uni “Sunday roast” deb ham atashadi. Ayniqsa bayram kunlari atrofidagi oilaviy yig’ilishlarda albatta dasturxonda bo’ladi.
Eng avvalo go‘shtni xona haroratida, yoz oylarida yarim soat, qish oylarida esa 1 soat qoldiramiz. Bir osh qoshiq zaytun yog‘iga ozgina tuz va murch solib go‘shtning ustiga surkab olamiz.
Endi yana ozgina tuz, murch va rozmarinni (agar bo‘lsa) idishchada aralshtirib, ularning ustiga uzunasiga bo‘lingan chesnok donalarini solamiz.
Pichoq bilan go‘shtning ustiga kichkina cho‘ntakchalar qilib chiqamiz.
U cho‘ntakchalarga tuz va murchga bulangan chesnokni bitta-bitta solib chiqamiz.
Sabzi, chesnok va piyozlarni tozalab, yog‘langan listga qo‘yamiz. Ularning ustiga ham tuz va murch sepamiz. Sabzavotlar ustiga go‘shtni joylaymiz. Endi go‘shtni 190C° da qizib turgan duxovkaga pishirgani solamiz.
Odatda 1kg qo‘y go‘shti pishishi uchun 50 minut vaqt ketadi, ya’ni 2kg go‘sht uchun 100 minut kerak. Vaqtni nechi kg go‘sht pishirayotganingizga qarab o‘zingiz belgilang.
Belgilangan muddat o‘tgach go‘shtni olib tekshirib ko‘ring. Men ovqat uchun mo‘ljanlangan termometer ishlatdim va go‘shtning ichki temperaturasi 79C° bo‘lganini ko‘rdim. Qo‘y go‘shti ichki temeraturasi 75C° bo‘lganda pishadi.
Go‘sht pishaganligini tekshirishning yana bir yo‘li, uning eng qalin joyiga pichoq sanchib ko‘rish. Agar sizib chiqayotgan sharbati tiniq bo‘lsa, go‘sht pishgan bo‘ladi.
Endi pishgan go‘shtning ustini o‘rab 20-30 minut dam oldiring.
Yarim soat o‘tgach, go‘sht hali ham issiq bo‘ladi. Endi uning yonidagi sabzavotlar va duxovkada pishgan kartoshka bilan dasturxonga torting (kartoshka retseptini ham kanaldan topasiz). Inglizlar yana bu go‘shtni yalpizli sous bilan birga tanovul qilishni yoqtirishadi.
Go‘shtni alabatta pishirishdan oldin, xona haroratida qoldiring, bo‘lmasa go‘shtning usti ortiqcha pishib, ichi pishmay qoladi.
Pishgan go‘shtni kesishdan oldin, albatta dam yediring, bo‘lmasa hamma sharbati tashqariga chiqib ketib, go‘sht quruq bo‘lib qoladi.
Go‘shtni ortiqcha pishirib yubormang, bo‘lmasa quruq bo‘lib qoladi.
Rozmarin qo‘shilmasa ham bu ovqat mazali bo‘ladi. Men original retsepti bo‘yicha yozdim, lekin rozmarinsiz ham tayyorlasa bo‘ladi.
Yoqimli ishtaha!!!
Blogda boshqa go’shtli taomlar retseptlari bilan ham tanishing. Masalan Grekcha Kleftiko, yoki Qozonda mol go’shti tayyorlab ko’ring.
Medovik tortining retseptlari juda ko‘p. Hammasi o‘ziga yarasha mazali va… Qolganini o'qish
Qizil barxat torti AQSHning Mariland shtatida XX asrning boshlarida paydo… Qolganini o'qish
Bolonya spagettisi Italiyaning shimolida joylashgan Bolonya shahrida birinchi marta tayyorlangan… Qolganini o'qish
Afg‘oncha napoleon torti O‘zbekistonda keng tarqalgan tortlardan biri. Uning mazasi… Qolganini o'qish
Frittata juda mazali, hamda oqsil va vitaminlarga boy. Nonushta yoki… Qolganini o'qish
Oshqovoqli karri yana bir ajoyib hind taomidir. Bu sog‘lom va… Qolganini o'qish