Pizza non ajoyib ta’mga ega sog‘lom taomdir. U yoz oylariga juda mos tushadi. Pizza non Italiya taomi bo‘ladi. Lekin uni hozirda juda ko‘p joylarda uchratish mumkin.
Idishda un, tuz va shakarni aralashtirib oling. Alohida idishda suv, xamirturush va zaytun yog‘ini aralashtirib oling.
Hamma mahsulotlarni aralashtirib xamir qoring. Xamirga 10 minut atrofida ishlov bering. Keyin uning ustiga yog‘ surib, ustini sellofan paket bilan o‘rab iliq joyda oshiring. Xamir oshigunicha sabzavotlarni tayyorlab turing.
Pizza non uchun sabzavotlarni tayyorlash
Baqlajonlarni diagonal yo‘nalishida kesib oling. Keyin ularni yog‘ surkalgan tovada ikki tomoni qizartirib oling.
Qattiq pishloqni qirg‘ichdan chiqarib oling.
Xamirni oling va uni uchga bo‘lib oling.
Bitta xamirni olib 30×45 sm atrofida yoyib oling. Men xamirni fergamant qog‘oz ustida yoyaman.
Uni 250⁰C da qizib turgan duxovkada 3-4 minut atrofiga soling. Bu orada xamirning ustida pufaklar paydo bo‘ladi. Xamirni duxovkadan tashqariga chiqarib, pufaklarni vilka bilan teshib oling. Uni yana qayta duxovkaga 2 minutga soling.
Endi xamirni duxovkadan chiqaring. Ustiga 2 osh qoshiq pesto sousini surkab chiqing. Pesto sousining retseptini bu yerda topish mumkin.
Keyin baqlajon, pomidor qoqidan va pishloqdan qo‘ying. Pizza nonni duxovkaga 4 minutga soling.
Bu non duxovkadan chiqishiga ustiga kesilgan mozarellani qo‘ying.
Pizza non tayyor, uni issiqligida dasturxonga torting.
Pizza non uchun pomidor qoqining o‘rniga yangi pomidor ham ishlatish mumkin. Lekin pomidorni non pisgach, dasturxonga tortishdan oldin qo‘yish kerak. Bo‘lmasa pomidorning suvi chiqib ketadi. Bu nonni yumshatib qo‘yadi.
Blogda yana boshqa mazali nonlarning retseptini ham topasiz. Yana blogda pizza, kalzone va strombolining retsepti ham bor.
Veb sahifa: www.juvajon.com
Medovik tortining retseptlari juda ko‘p. Hammasi o‘ziga yarasha mazali va… Qolganini o'qish
Qizil barxat torti AQSHning Mariland shtatida XX asrning boshlarida paydo… Qolganini o'qish
Bolonya spagettisi Italiyaning shimolida joylashgan Bolonya shahrida birinchi marta tayyorlangan… Qolganini o'qish
Afg‘oncha napoleon torti O‘zbekistonda keng tarqalgan tortlardan biri. Uning mazasi… Qolganini o'qish
Frittata juda mazali, hamda oqsil va vitaminlarga boy. Nonushta yoki… Qolganini o'qish
Oshqovoqli karri yana bir ajoyib hind taomidir. Bu sog‘lom va… Qolganini o'qish