You are currently viewing Stromboli yoki pizza rulet

Stromboli yoki pizza rulet

Stromboli italyancha taom bo’lib, Amerikalik italyanlar tomonidan Filadelfiya shtatida yaratilgan va u yerdan butun AQSH, Kanada va Yevropaning ko‘p joylariga tarqalgan. Bu pizzaning yana bir ajoyib turudir. Boalalar va kattalrga birdek yoqadi.

Kerakli mahsulotlar (2 ta 40 smli atrofida stromboli uchun):

Xamiriga:

  • 500 gr un
  • 7 gr xamirturush (droja)
  • 1 choy qoshiq shakar
  • 1 choy qoshiq tuz
  • 300 ml suv
  • 1 osh qoshiq zaytun yog‘i

Qiymasiga:

  • 300 gr lahm tovuq go‘shti
  • 2 dona bulg‘or qalampiri
  • 1 dona piyoz
  • 6 osh qo‘shiq pizza uchun sous
  • Ozgina rayhon, yangisi yoki quritilgani
  • Ozgina oregano (agar bo‘lsa)
  • 1 osh qoshiq zaytun (olivka) yog‘i
  • Tuz va murch
  • 600 gr atrofida pishloqning qattiq turi (men cheddar va mozzarella pishloqlarini aralashtirdim)

Iliq suv, xamirturush va shakarni aralashtirib oling.

Uni elangan un va tuz aralashmasiga quying. So‘ng zaytun yog‘ini quying va xamir qoring. Keyin xamir silliq bo‘lgunicha unga ishlov bering va ustini o‘rab iliq joyda oshiring.

Stromboli yoki pizza rulet tayyorlash
Stromboli yoki pizza rulet

Xamir oshguncha qiymani tayyorlab oling. Buning uchun go’shtni 1cm qalinlikda somoncha qilib kesib oling. Piyozni yarim uzuk va bulg‘or qalampirini esa somoncha shaklida qilib to‘rg‘ab oling.

Endi tovaga yog‘ni quying va go‘shtni solib o‘rtacha olovda qog‘iring.

Go‘sht yarim pishgach uning ustiga piyoz va bulg‘or qalampirini qo‘shing. Ustiga rayhon, oregano, tuz va murchni soling.

Stromboli yoki pizza rulet

Men ko‘katlarning quritilganidan ishlatdim. Hammasini bir qo‘g’irib, go‘sht to‘la pishgach, olovni o‘chiring. Bularni endi sovitish uchun chetga surib qo‘ying.

Stromboli yoki pizza rulet

Pishloqni qirg‘ichdan o‘tkazing va pizza uchun sousni tayyorlab oling. Sous uchun retseptni telegram kanalda yoki blogimda topasiz.

Endi oshib chiqqan xamirni teng ikkiga bo‘ling va zuvala qiling.

Bitta zuvalani olib 45×30 sm atrofida un sepilgan yuzada yoyib oling.

Stromboli yoki pizza rulet

Xamirning ustiga oldin sousni surkang, keyin qiyma va pishloqlarning yarmini bir tekis qilib solib chiqing.

Stromboli yoki pizza rulet

Keyin xamirni rulet qilib o‘rang va ustki qavatini rasmdagidek qilib kesib chiqing.

Stromboli yoki pizza rulet

Strombolini fergament qog‘ozi solingan yoki yog‘ surkalgan listga qo‘ying. Ustiga ozgina tuz, murch va quritilgan rayhon seping. Yana parmazan pishlog‘idan ham sepsa bo‘ladi.

Stromboli yoki pizza rulet

Endi buni 200°C da qizib turgan duxovkada 30 minut davomida pishiring. Strombolining ikkinchisini ham shunday tayyorlab oling. Agar listda joy bo‘lsa ikkalasini teng pishiring.

c

Strombli pishib chiqqach uni 5-10 minut soviting va dasturxonga torting.

E’tibor qiling:

Bu taomni yana kolbasalarning har xil turi bilan tayyorlasa ham bo‘ladi.

Listga fergament qog‘ozi solishni tavsiya etaman, chunki stromboli pishayotganda pishloq oqib chiqadi va listga yopishishi mumkin.

Stromboli yoki pizza rulet

Yoqimli ishtaha!!!

Blogda yana boshqa mazali italiyancha xamir taomlarning retseptini ham topaszi. Masalan, pizza yoki kalzon.

Telegram kanalimizga ulaning

Veb sahifa: www.juvajon.com