Trubochki – sobiq sovet ittifoqi hududida keng tarqalgan shirinliklardan biri. Uni har xil xamirdan tayyorlash mumkin. Men bugun o‘zimga eng yoqadigan retsept bo‘yicha xamir qildim. Ichini fransuzcha ‘creme patissiere’ bilan to‘ldirdim.

Kerakli mahsulotlar (18 dona  trubochka uchun):

Xamiriga

  • 300 gr un
  • 100 gr sariyog‘ yoki margarin
  • 1 dona tuxum + yana yarimta ustiga surkash uchun
  • 100 ml qaymoq
  • Choy qoshiq uchida razrixlitel yoki ichimlik sodasi
  • Ozgina tuz
  • 2-3 osh qoshiq shakar kukuni

Kremiga

  • 300 ml sut
  • 100 gr shakar
  • 1 dona tuxum
  • 1 osh qoshiq makkajo‘xori kraxmali (yo‘q bo‘lsa un)
  • Ozgina vanillin
  • 1 osh qoshiq un
  • 200 ml qaymoq
  • 3 osh qoshiq shakar kukuni

Ishni ‘creme patissiere’ uchun zavarnoy krem tayyorlab olamiz. Bunday kremni qanday tayyorlashni oldin ham post qilganman. Bu yerdan topishingiz mumkin. Kremni sovitishga qo‘yib, xamir tayyorlashga o‘tamiz.

Trubchki xamiri uchun bitta laganchada elangan un va tuzni aralshtiramiz. Saryog‘ni solib, maydalab olamiz.

Alohida idishda 1dona tuxum, qaymoq va razrixlitelni aralashtiramiz. Endi bu aralashmani unga qo‘shib yumshoq xamir qoramiz. Bu xamir qo‘lga yopishmaydi.

Keyin zuvalalarga bo‘lib xolodilnikka 45-60 minutga solib qo‘yamiz. Men ikkita zuvalaga bo‘ldim.

Vaqt o‘tgach tingan xamirni 0.5 smda yupqaroq qilib yoyib olamiz (rasmga qarang).

Keyin 2.5 sm kenglikda lentalar kesib olamiz.

Endi bu lentalarni trubochka qolipiga o‘rab olamiz (qolipga to‘la yoki yarim o‘rash mumkin, ta’bga qarab).

Endi listga terib (fergament qog‘oz solish shart emas) ustiga tuxum surkab olamiz va 180C°da qizib turgan duxovkada 20-22 minut pishirib olamiz.

Pishgan  trubochki issiqligida qolipdan ehtiyotkorlik bilan chiqarilishi kerak. Qo‘l kuyishi mumkin, sochiq ishlating.

Krem solish

Endi issiq  trubochkalarni shakar kukuniga bulab olamiz. Men bir qismini buladim, bir qismini shunday o‘zini qoldirdim.

Trubochki sovigach qaymoqni shakar kukuni bilan ko‘pirtirib olamiz. Qaymoq ko‘pirtirish uchun ham Fransuzcha Ekler postini qarang. Keyin bu qaymoqni sovigan zavarnoy krem bilan aralashtirib olamiz.

Kremni konditer qopchasiga solib  trubochkalarning ichini to‘ldirib chiqdim.

Men krem to‘ldirilgan  trubochkalarni chuqur idishga solib qo‘yaman. Bu birinchidan kremni  trubochkaning tubiga tushishiga yordam beradi, ikkinchidan krem oqib ketishining oldini oladi.

Trubochkalar tayyor bo‘lgach, ularni dasturxonga darrov tortsa bo‘ladi va yana ta’bga qarab ularga maydalangan yong‘oqlar, mevalar, yoki bolalaga bo‘lsa mayda qandchalar sepsa bo‘ladi.

E’tibor qiling:

Xamirga qaymoq ishlating, smetana bilan almashtirmang, bo‘lmasa qattiq bo‘lib qoladi.

Xamirga ko‘p ishlov bermang, bo‘lmasa ham qattiq bo‘lib qoladi.

Yana  trubochkalarni pishirishdan oldin ustiga tuxum surkash shart emas. Men surkadim, chunki  trubochkalarning bir qismiga shakar kukunidan juda oz sepdim.

Yoqimli ishtaha!!!

Blogdag boshqa desserlarni mana bu bo’limda topasiz.

Telegram kanalimizga ulaning

Veb sahifa: www.juvajon.com

Share
Taglar: dessertkrem

Eng so'nggi retseptlar

Medovik torti (Klassik turi)

Medovik tortining retseptlari juda ko‘p. Hammasi o‘ziga yarasha mazali va… Qolganini o'qish

Qizil Barxat torti (Red velvet cake)

Qizil barxat torti AQSHning Mariland shtatida XX asrning boshlarida paydo… Qolganini o'qish

Bolonya spagettisi – Spaghetti bolognese

Bolonya spagettisi Italiyaning shimolida joylashgan Bolonya shahrida birinchi marta tayyorlangan… Qolganini o'qish

Afg‘oncha napoleon torti

Afg‘oncha napoleon torti O‘zbekistonda keng tarqalgan tortlardan biri. Uning mazasi… Qolganini o'qish

Frittata – yoki Italiyancha omlet

Frittata juda mazali, hamda oqsil va vitaminlarga boy. Nonushta yoki… Qolganini o'qish

Oshqovoqli karri- go’shtsiz sog’lom taom

Oshqovoqli karri yana bir ajoyib hind taomidir. Bu sog‘lom va… Qolganini o'qish