You are currently viewing Shokoladli lava tort (Chocolate lava cake)

Shokoladli lava tort (Chocolate lava cake)

Shokoladli lava torti 1987 yilda Amerikalik oshpaz tomonidan yaratilgan. Lekin fransuz oshpazlari ham uni biz yaratganmiz deydi. Yaratilish tarixi qanday bo‘lishiga qaramasdan shokoladli lava tort eng ajoyib dessertlardan biridir. Shokoladli lava tort bir vaqtning o‘zida tayyorlashga oson va murakkab tort hisoblanadi. Lekin tajriba va qunt bilan uni maromiga yetkazib tayyorlash mumkin. 20 minutdan oz vaqtda shohona dessert qilmoqchi bo‘lsangiz marhamat retsept bilan tanishing.

Kerakli mahsulotlar(6 portsiya uchun):

  • 100 gr sariyog‘
  • 100 gr shokolad
  • 150 gr jigarrang shakar
  • 3 dona tuxum
  • 50 m kofe damlamasi
  • 30 gr un
  • 20 gr kakao
  • 1 choy qoshiq vanillin
  • 200 gr vanillin ta’mli muz-qaymoq (birgalikda dasturxonga tortish uchun)

Sariyog‘ va shokoladlarni birgalikda eritib oling. Buni parda yoki mikroto‘lqinli pechda qilish mumkin. Erigan aralashmani biroz sovitib oling.

Shokoladli lava tort (Chocolate lava cake) tayyorlash

Endi uning ustiga shakar, tuxumlar qo‘shing. Kofe damlamasi va vanillinni ham soling.

Shokoladli lava tort (Chocolate lava cake) tayyorlash

Eng oxirida elangan un va kakaoni qo‘shing.

Shokoladli lava tort (Chocolate lava cake) tayyorlash

Endi xamirni 6 ta mayda keramika idishlarga quying. Idishlar albatta yaxshilab yog‘langan va un sepilgan bo‘lishi kerak.

Shokoladli lava tort (Chocolate lava cake) tayyorlash

Tortlarni 180⁰Cda qizib turgan duxovkada 12-13 minut davomida pishiring. Lava tort pishganda uning o‘rtasi biroz qimirlab turadi.

Shokoladli lava tort (Chocolate lava cake) tayyorlash

Lava tortni 1 minut qolipda qoldirib, keyin ehtiyotkorlik bilan idishdan chiqaring. Buning uchun qoshiqdan foydalanish mumkin.

Shokoladli lava tort (Chocolate lava cake) tayyorlash

Endi ularni iliqligida yoniga muz-qaymoq solib dasturxonga torting.

Shokoladli lava tort (Chocolate lava cake)

E’tibor qiling:

Lava tortning o‘rtasi biroz suyuq bo‘lish kerak. Dessertning nomi ham shundan olingan.

Lava tortni ortiqcha pishirib yubormang, bo‘lmasa o‘rtasi yumshoq bo‘lmaydi. Lekin mazasi baribir shirin bo‘ladi.

Lava tortning  xamirini oldindan tayyorlab, qoliplarga quyib qo‘yish mumkin. Keyin kerak bo‘lganda pishiriladi.

Qolip o‘rnida piyoladan ham foydalanish mumkin.

Agar shokoladni mikroto‘lqinli pechda eritsangiz, oldin pechga 5 sekundaga qo‘ying. Keyin bir aralashtirib yana besh sekund pechga soling. Shunda shokolad kuyib ketmaydi.

Shokoladli lava tort (Chocolate lava cake)

Yoqimli ishtaha!!!

Blogda yana boshqa shokoladli desertlarning retseptini ham topasiz. Masalan, shokolad va qulupnayli tort, shokoladli brauni yoki shokoladli tort.

Telegram kanalimizga ulaning

Veb sahifa: www.juvajon.com