Koreyscha baqlajonli salat yurtimizda keng tarqalgan koreyscha salatlarlarning bir turidir. Mazasi ajoyib va baqlajonning faslida kamxarj salat.
Kerakli mahsulotlar (3-4 portsiya uchun):
- 2 dona katta baqlajon
- 1 dona bulg‘or qalampiri
- 1 dona piyoz
- 2 dona chesnok tishi (ta’bga qarab)
- Yarim bog‘ kashnich
- 1 osh qoshiq kunjut urug‘i
- 100 ml atrofida o‘simlik yog‘i (qo‘g‘irish uchun) + 1choy qoshiq piyoz uchun
- 1 osh qoshiq soya sousi
- 1 choy qoshiq asal
- 2 dona qizil sabzi
- 1 choy qoshiq uksus
- 1 choy qoshiq kashnich urug‘i
- Tuz va murch
- 1 dona achchiq qalampir (xohishga qarab, men qo‘shmadim)
Yuvilgan baqlajonni rasmda ko‘rsatilganidek kesib oling va 2choy qoshiq tuz sepib, kechasi bilan xolodilnikda qoldiring. Baqlajonning suvi kechasi bilan chiqadi.
Ertasiga 2 dona sabzini qo‘l bilan yoki maxsus pichoq yordamida ingichka va uzun qilib to‘rg‘ab oling va ustiga tuz sepib bir chetga surib qo‘ying.
Endi baqlajonlarni olib,suvini siqib tashlang va yuvib yuboring, tuzini chiqarib yuborish uchun. Keyin toza sochiqqa yoyib quriting.
Tovaga 30 ml atrofida yog‘ quying va baqlajonlarni tovaga siqqunicha qo‘g‘irib oling. Baqlajonlar yog‘ni ko‘p tortib oladi, shuning uchun har safar ustiga keragicha yog‘ quyib turing.
Endi bitta tovaga 1 choy qoshiq yog‘ quyib, biroz qizigach 1osh qoshiq maydalangan kashnich urug‘ini soling. So‘ngra 1dona yarim uzuk qilib to‘rg‘algan piyozni qo‘shib yengil qo‘g‘irib oling.
Toza tovaga 1 osh qoshiq kunjut urug‘ini solib, biroz o‘rta olovda qizdirib oling.
Endi qog‘irilgan baqlajonlarning ustiga, suvi siqib olingan sabzini, ingichka va uzun to‘rg‘alan bulg‘or qalamiprini, qo‘g‘irilgan piyozni, mayda to‘rg‘algan chesnokni va kashnichni soling.
Yana murch, soya sousi, uksus, kunjut va asalni soling.
Hammasini bir aralshtrib tuzini ko‘ring va xolodilnikka kamida bir soatga solib qo‘ying.
Bir soat o‘tgach salatni dasturxonga torting. Koreyscha baqlajonli salat ovqatning boshida yeyishga mo‘ljallangan.
E’tibor qiling:
Kashnich urug‘ini yog‘ bilan qizdirish, uning hidi ochilishiga yordam beradi.
Kunjutni qizdirib olish ham uning mazasini kuchaytiradi.
Asalning o‘rniga shakar ishlatsa ham bo‘ladi.
Yoqimli ishtaha!!!
Blogdagi boshqa salatlar retseptlarini ham ko’ring. Masalan baqlajonli salatning mana bu turini ham tayyotlab ko’ring.
Veb sahifa: www.juvajon.com