Kabsa bu arabcha guruch va tovuqdan tayyorlanadigan taom bo‘lib uning kelib chiqish joyi Saudiya Arabistondir. Hozirda uning har xil turlali ko‘p Fors ko‘rfazi mamlakatlarida tayyorlanadi. Biz bugun Saudiya Arabistonida tayyorlanadigan turini pishiramiz. Iftorlik yoki saharlik uchun juda mos taom.
Kerakli mahsulotlar (7-8 portsiya uchun):
- 500gr guruch (oq va uzun turi yaxshiroq bo‘ladi)
- 1 kg suyakli tovuq go‘shti
- 2 dona piyoz
- 2 dona sabzi
- Yarimta limon
- 2 dona pomidor
- 50 ml atrofida o‘simlik yog‘i
- 10 gr zanjabil (имбирь)
- 0.5 choy qoshiqdan – murch, dolchin maydasi, qalampirmunchoq, tomat va apelsin po‘chog‘i
- Ozgina mayiz
- Ozgina bodom
Eng avval guruchni yuvib uni sovuq suvga uyutib qo‘ying.
Qozonga yog‘ni quying va qizigach yarim uzuk qilib to‘rg‘algan piyozni solib qo‘g‘iring.
Keyin qirg‘ichdan o‘tkazilgan zanjabilni soling va piyoz och tilla rang bo‘lgunicha qo‘g‘iring.
Endi ularning ustiga tovuq oyoqlarini soling.
Bir ikki qog‘irib tuz, murch, dolchin maydasi, tomat, qalampirmunchoq va apelsin po‘chog‘ini qo‘shing.
Endi mayda to‘rg‘algan pomidorni soling.
3-4 minut qo‘g‘irilgach, ularning ustiga 1 litr atrofida yoki tovuqning ustini to‘sar-to‘smas qaynagan suv quying. Yarimta limonning sharbatini qozonga siqib chiqaring va o‘zini ham solib yuboring. Endi qozonning ustini yopib 25-30 minut o‘rta olovda tovuq go‘shtini pishiring.
Pishgan tovuqlarni qozondan suzib oling va chetga olib qo‘ying. Limon po‘chog‘ini ham suzib oling.
Endi qozonda qolgan suvning ustiga uyitilgan guruchni va qirg‘ichdan katta ko‘zidan o‘tkazilgan sabzini soling va yaxshilab aralashtiring.
Agar qozonda suv oz qolgan bo‘lsa yana ozgina qaynagan suv qo‘shing. Ovqatning tuzini ko‘rib, qozonning ustiga toza sochiq yoping va qopqog‘ini yopib, guruchni 20 minutga dimlab qo‘ying. Olovni pasaytiring.
Endi tovaga 0.5 osh qoshiq yog‘ quying va uning ustiga o‘rtasidan kesilgan bodomlarni solib biroz qog‘rib oling.
Mayizni ham shunday qiling va ikkalasini ham tarelkaga solib, bir chetga olib qo‘ying. Bularni keyinroq ishlatamiz.
Shu tovaning o‘ziga pishgan tovuq go‘shtini solib, qizartirib oling.
Endi guruch pishgach, uning ustini oching. Yaxshilab aralashtiring.
Tovoqqa guruchni soling va uning ustiga go‘shtni soling.
Oxirida bodom va mayizni taomning ustiga seping. Endi taomni issiq holatda qatiq bilan dasturxonga torting.
E’tibor qiling:
Kabsa tayyorlashda suvni guruchning suv tortishiga qarab quying.
Kabsa uchun odatda bodomning po‘sti archib ishlatiladi. Buning uchun bodomni suvga uyutib, po‘stini archib tashlasa bo‘ladi. Lekin men po‘sti bilan ishlatdim.
Apelsin po‘chog‘ini qirg‘ich yordamida butun apelsindan chiqarib olish kerak.
Yoqimli ishtaha!!!
Blogdagi boshqa arab oshxonasi taomlarini ham ko’zdan kechiring. Tovuqli taomlarga qiziqsangiz, retseptlarini mana bu yerda topasiz.
Veb sahifa: www.juvajon.com