Mol go‘shti butun pishirilganda u o‘z suvini ushlab qolib, yeyilganda juda ham mayin bo‘ladi.
Kerakli mahuslotlar (5-6 kishi uchun):
- Laxm mol go‘shti ( kattaligi xohishga qarab, menda 1.3 kg)
- 2 dona piyoz
- 3 dona sabzi
- 2 dona chesnok tishi
- Ta’bga qarab ziravorlar (men zira va lavr bargi ishlatdim)
- Tuz va murch
- 2 choy qoshiq o‘simlik yog‘i
Qozonga yog‘ni quyamiz, u qizigach go‘shtni solib, baland olovda har tomonini qizartirib olamiz.
Keyin go‘stning yoniga tozalangan piyoz va sabzini kata-katta bo‘lib solamiz. Chesnokning po‘stini archmasdan solamiz.
Tuz, murch, zira va lavr bargini ham solamiz.
Endi qopqog‘ini yopib 2 soat past olovda pishiramiz. Ora-orada go‘shtni ontarib turamiz.
Go‘sht pishgach uni yonidagi sabzavotlar, salat va non bilan dasturxonga tortamiz. Men yashil loviya bilan berdim.
E’tibor qiling:
Agar go‘sht yapaloq bo‘lsa unda ip bilan boylab, o‘rab oling. Men shunday qildim.
Kattaroq go‘sht bo‘lagini uzoqroq pishirish kerak, masalan 3 kg go‘shtni 4 soat atrofida pishirish kerak.
Bu mol go‘shti xolodilnikda yaxshi saqlanadi, lekin maydalamasdan, butun holicha ustini o‘rab saqlash kerak. O‘shanda suvini ushlab qoladi.
Yoqimli ishtaha!!!
Blogda qo’y go’shti, hamda tovuq go’shti pshirish usullari ham bor.
Veb sahifa: www.juvajon.com