Klafutining vatani Fransiya, lekin u boshqa Yevropa mamlakatlari va AQSHda ham ko‘p uchraydi. Klafuti odatda gilosning faslida tayyorlanadi, lekin uni boshqa rezavor mevalardan ham tayyorlash mumkin. Uning mazasi zavarnoy krem va pankeykning aralashmasini eslatadi. Tez tayyor bo‘ladigan fransuzcha dessert.
Klafuti uchun kerakli mahsulotlar (25 smli klafuti uchun):
- 200 gr gilos
- 60 gr un
- 3 dona tuxum
- 60 gr shakar + 10 gr qolipga sepish uchun
- 300 ml yog‘li sut
- Yarim choy qoshiq vanilin
- 20 gr sariyog‘ + yana ozgina qolipga surkash uchun
- Ozgina tuz
- 1 osh qoshiq shakar kukuni
Avval qolipni tayyorlab olamiz. 25 smli qolipga yaxshilab sariyog‘ surkaymiz. 10 gr shakarni sepamiz.
Endi danagi olingan va o‘rtasidan bo‘lingan giloslarni qolipga terib chiqamiz.
Tuxumlarni shakar va vanilin bilan aralashtiramiz.
Ustiga erigan sariyog‘ni, tuz va unni solib yana aralashtirishda davom etamiz.
Endi sutni oz-ozdan quyib, suyuq xamir tayyorlaymiz.
Tayyor xamirni giloslarning ustiga quyamiz va 180°C da qizib turgan duxovkada 30 minut davomida pishiramiz.
Klafuti ko‘tariladi, lekin duxovkadan olinishi bilan darrovda cho‘kadi.
Tayyor klafutining ustiga shakar kukuni sepib, uni iliqligida dasturxonga torting.
Uning o‘zini yoki muz-qaymoq, ko‘pirtirilgan qaymoq bilan yeyish mumkin.
E’tibor qiling:
Klafuti xamiri qumoqsiz bo‘lishi kerak, shuning uchun unga sutni oz-ozdan quying.
Malina qo‘shib tayyorlangan klafutilar ham mazali bo‘ladi.
Yoqimli ishtaha!!!
Boshqa dessertlat retseptlarini ham albatta ko’zdan kechiring, masalan Fransuzcha crepe juda yengil dessert yoki nonushta bo’ladi.
Veb sahifa: www.juvajon.com