Bu retsept inglizlarning ‘chips’ pishirish usulidir. Bu usulda pishirilgan kartoshka fri usti qattiq va to‘q tilla rang bo‘ladi. Ichi esa yumshoq.
Kerakli mahsulotlar:
- Kartoshka
- O‘simlik yog‘i
- Tuz
Kartoshkalarning po‘chog‘ini arching. Ularni 1.5 sm qalinlikda uzunasiga kesib oling.
Keyin ularni sovuq suvga 30 minutga ivitib qo‘ying.
Keyin bir yuvib tashlab ularni sovuq suvga solib to‘rt minut o‘rtacha olovda qaynating.
Endi suvini to‘kib tashlab, kartoshkani yana bir sovuq suvda chayyib oling. So‘ng uni quriting. Keyin yoyib qo‘ying.
Endi qozonchaga yog‘ quying. Qancha yog‘ quyish tovaning hajmiga bog‘liq.
Yo‘g yaxshi qizigach kartoshkalarni oz-ozdan solib qo‘g‘iring.
Kartoshka fri birpasda qizaradi. Kartoshkalar yarim pishganligi uchun bu vaqtning orasida ichi ham pishib ulguradi.
Kartoshkalarni qog‘oz salfetka solingan idishga oling. So‘ngra ustiga tuz seping. Kartoshka fri hammasini shunday qilib qo‘g‘irib oling.
Endi ularni issiqligida ketchup bilan dasturxonga torting. Men ularni tovuq naggetlari bilan birgalikda berdim.
E’tibor qiling:
Kartoshka ivitilganda uning kraxmali ozayadi va u qattiqroq pishadi.
Yog‘ga kartoshkani birdaniga ko‘p solib yubormang. Bo‘lmasa yog‘ning harorati tushib ketadi va kartoshkalar uzoqda pishadi. Natijada ular qattiq chiqmaydi.
Kartoshkalarni qaynatgandan so‘ng yaxshilab quritib, ozgina o‘simlik yog‘i surkab muzlatish mumkin. Faqat yoyib muzlatish kerak va keyin paketlarga solsa bo‘ladi. Kerak bo‘lganda muzlatilgan holida qo‘g‘iriladi.
Kartoshka fri burgerlar bilan ham juda mos tushadi.
Yoqimli ishtaha!!!
Veb sahifa: www.juvajon.com